Tuproqqalʼa tumanida ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi
30.10.2024
. Tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari, ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylari ishtirok etdi. Tuman hokimi Akmal Jimalyazov o‘zining tabrik so‘zida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida ichki ishlar organlari tomonidan olib borilayotgan tezkor-profilaktik chora-tadbirlarni yuqori baholab, bunda har bir xodimning alohida o‘rni borligini eʼtirof etdi. Shundan so‘ng, fidoyi xodimlardan bir guruhiga tuman hokimining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi. @tuproqqala_uz Tuproqqal'a hokimligi axborot xizmati