Bugun Tuproqqal'a tumanida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot profilaktik tadbirlari doirasida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda adliya bo'limi boshlig'i Sh.Baltayeva va Prokuratura xodimlari so'zga chiqib, korrupsiya haqida ma'lumotlar berdilar.
Mazkur oylik doirasida o‘tkazilgan seminarda korrupsiya xavfi saqlanib qolayotgan soha va tarmoqlarni raqamlashtirish, inson omili aralashuvini cheklash, ochiqlikni ta’minlash va preventiv choralarni kuchaytirish orqali ushbu salbiy illatga barham berilishi to‘g‘risida fikrlar almashildi.