28.01.2025
Mamlakatda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlardan ko‘zlangan oliy maqsad fuqarolarning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish, ularning qonuniy manfatlari buzilishining oldini olish, lo‘nda qilib aytganda baxtli va farovon hayot kechirishini ta’minlashga qaratilgan.
O‘tgan qisqa davrda O‘zbekistonda barcha sohalar qatori sud-huquq yo‘nalishida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan inson huquqlarini himoya qilish tizimini “Inson qadri uchun” tamoyili asosida yangi bosqichga ko‘tarish, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklari himoyasining kafolatlarini kuchaytirish, shuningdek, aholining huquqni muhofaza qilish tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsning erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka oid konstitutsiyaviy huquqlarini sud orqali ishonchli ta’minlash choralarini kuchaytirish zarurati mavjudligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10-iyun kuni “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huqu va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi 89-sonli farmoni qabul qilinidi. Unda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida ko‘rilgan kompleks chora-tadbirlar tom ma’noda mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish tizimi “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xususan, farmon bilan jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar — tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi tartibi, jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan protsessual qarorlarga berilgan sanksiyalar faqatgina apellatsiya instansiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta ko‘rib chiqilishi tartibini belgilanib, tergov sudyalariga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati berildi.
Suningdek tergov sudyasiga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq iltimosnoma, qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘lik iltimosnoma, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma, murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma, tintuv o‘tkazish haqidagi iltimosnoma, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnoma, mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi sanksiyalar va majburlov choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish vakolati berilib, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi, ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi va ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi, prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnoma va majburlov choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish vakolati berildi.
Qisqa qilib aytadigan bo‘lsak asosiy maqsad va samara shaxsning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilinishiga erishish maqsadida ushbu farmon Prizidentimiz tomonidan qabul qilindi desak mubolag’a bo‘lmaydi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Tuproqqal’a tuman sudining tergov sudyasi Sh.S.Seytirzayev