OBODLIK KO`NGILDAN BOSHLANADI
07.02.2024
Nurobod mahallasida aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarida qurilish va obodonlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Bugun tuman hokimi Akmal Jimalyazov va tuman prokurori Muzaffar Sapayev mahallada yayov yurib, olib borilayotgan qurilish ishlarini ko'zdan kechirdilar, aholi fikri va tashabbuslarini tinglab, obodonlashtirish ishlari xalq roziligiga qaratilganligini ta'kidladilar.