05.07.2024
Bugun Tuproqqal'a tmani hokimligida tumanda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlariga bag'ishlangan matbuot aanjumani bo'lib o'tdi. Unda tuman hokimi Akmal Jimalyazov, sektor rahbarlari OAV va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Elektr energiyasi sohasida.
Tumandagi 15 377 ta (shundan 1135 ta yuridik va 15 242 ta aholi) iste’molchilarga elektr energiyasi 8 dona nimstansiyalar, 480 km elektr uzatish tarmoqlari va 172 dona transformator punkti orqali elektr energiyasi iste’molchilarga yetkazib berilmokda.
Ma’lumot uchun, elektr uzatish tarmoqlarining 30,1 foiz(120 km) hamda transformatorlarning 24,2 foiz (32 ta) ma’nan eskirgan.
Oxirgi 3 yil mobaynida byudjet mablag’lari va “Obod kishlok”, Prezidentimizning Vazirlar Mahkamasining 635-sonli kabi bir qator karorlari ijrosini ta’minlash maqsadida jami 6 ta transformator punktlari o’rnatildi, 30 km elektr uzatish tarmoqlari yangidan qurildi va rekonstruksiya qilindi. Natijada 4 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida jami 5 179 dan ortiq aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda tadbirkorlik subyektlarida elektr ta’minoti yaxshilandi. ASKUE tizimi bo’yicha tumanda 15377 ta yangi zamonaviy hisoblagichlar o’rnatilib, natijada 9 546.0 mln so’mlik debitor qarzdorliklar undirildi.
Shuningdek 2024 yilda xam 323 ta beton tayanchlar o’rnatilishi, 8,9 km elektr tarmoqlari yangidan qurilishi va 50 km tarmoqlari va 18 dona transformatorlar mukammal ta’mirlash ishlari bajarilishi rejalashtirigan.
Xususan, xozirda tumanda 47,2 km tarmoqlar va 13 dona transformatorlar mukammal ta’mirlandi.
Natijada, tumaning 6 ta MFYdagi 8150 dan ortiq aholi xonadonlariga, 86 dan ortiq tadbirkorlik hamda ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berilayotgan elektr energiyasining sifati yaxshilanishiga erishildi.
Buning natijasida bir necha yillardan beri aholini qiynab kelayotgan eng og’riqli muammoni ijobiy hal etilishiga erishamiz.
II.Tabiiy gaz sohasida.
Bugungi kunda tumanda jami 13401 ta iste’molchilarining 13312 tasi (aholi 12980 ta va ulgurji 332 ta) ya’ni 99,1 foizi tabiiy gaz va 89 tasi ya’ni 0,9 foizi suyultirilgan gaz bilan ta’minlanib kelinmoqda.
Tuman bo’yicha 339,6 km gaz tarmoqlari, 240 dona gaz taqsimlash punktlari xizmat ko’rsatib kelmoqda. Korxonada jami 37 nafar xodim faoliyat yuritmoqda.
So’ngi uch yilda iste’molchilarni tabiiy gaz bilan bir meyorda ta’minlash maqsadida 11.6 km yangi gaz tarmoqlari tortildi. Jumladan Sharlauk MFYda 1.6 km gaz quvuri o’rniga yangidan gaz tarmog’i tortildi, Shayxlar MFYda 2.0 km, Sarimoy MFYda 3.6 km, Pastom MFYda 1.0 km, Sayapir MFYda 1.0 km, Oxunboboyev MFYda 2.3 km, Saxovat MFYda 0.1 km,
Obod MFY Yangi O’zbekiston massividagi ko’p qavatli uylar uchun 1,7 km gaz tarmog’i tortildi, ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida yuqorida ko’rsatilgan maxallalarda tabiiy gaz ta’minoti yaxshilandi.
Shuningdek tuman bo’yicha 3200 ta xonadonlar ikki bosqichli tizimga o’tkazilib regulyatorlar o’rnatildi hamda 12980 ta aholiga elektron gaz hisoblagichlar (tuman bo’yicha 100%) o’rnatildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonlari orqali “ Tuproqqal’atumangaz” gaz ta’minoti bo’limiga 2024 yil davomida jami 11 ta murojaat kelib tushgan shundan 9 ta murojaat ijobiy xal qilindi.
Murojaatlar taxlil qilinganda qish mavsumida tabiiy gaz bosimi pastligi kuzatilayotgan Sharlauk va Oxunboboyev MFY da 7 ta murojaat tushganligi aniqlandi.
Xozirgi kunda, yuqoridagi murojaat ko’p tushgan xududlar Sharlauk maxallasida 1.6 km gaz quvuri “Xududgaz Xorazm” GTF mablag’lari xisobidan, Oxunboboyev maxallasida 2.3 km gaz quvurlari byudjet mablag’lari xisobidan rekonstruksiya qilinib natijada 2072 ta iste’molchilarda gaz ta’minoti yaxshilanishiga erishiladi.
III. Ichimlik suv ta’minoti sohasida.
“Xorazm suv ta’minoti” AJ Tuproqqal’a tuman bo’limi xozirgi kunda 18 ta MFY xududlaridagi 9356 ta jismoniy istemolchilar va 140 ta yuridik istemolchilariga xizmat ko’rsatib kelmoqda, tumanda jami 8 ta ichimlik suv taksimlash inshoati 533.9 km magistiral va ichki tarmoqlar bo’lib 1 ta okova suvlarni tozalash inshoati 38.6 km okova suv tarmog’i mavjud, 2023 yil 1–yanvar xolatiga jami 59658 aholining 51905 tasi yoki 87 % markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan bo’lib, qolgan 13 % aholi ichimlik suvini alternativ manbalar orqali iste’mol qiladi.
2024 yil 1-may xolatiga 4233 ta axoli ilk bor markazlashgan ichimlik suv ta’minoti bilan ta’minlanib tuman axolisining 94,1% yoki 56 138 ta fuqarolar markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar.
Tuman hududidagi jami 318 ta avariya holatlari to’liq bartaraf etildi.
Bundan tashqari 2 km ga yaqin ichimlik suvi quvurlari yangisiga almashtirildi.
2024 yil dasturlar doirasida amalga oshiriladigan ishlar.
2024 yil davomida tuman hududida diametri 500 mm lik bo’lgan 4.2 km tarmoq yangidan tortilishi bo’yicha tegishli takliflar kiritilgan.
1. Avtomobil yo’llari to’g’risida ma’lumot
Tuman hududida jami 473.4 km avtomobil yo’llari hamda 35 dona ko’priklar mavjud.
Shundan 208 km. umumfoydalanuv va 265.4 km ichki xo’jalik yo’llari, umumfoydalanuvdagi yo’llari quyidagicha; 113 km. Xalqaro axamiyatdagi; 67 km Davlat axmaiyatidagi; 28 km Maxalliy axamiyatdagi avtomobil yo’llardir;
Hozirgi kunda mavjud yo’llarning 59 km. yoki 12,4 foizi (20 km umumfoydalanuv va 39 km ichki yo’llar) hamda ko’priklarning
12 tasi (35 %) ta’mirga muhtoj: yani ushbu umumfoydalanuvdagi va ichki xo’jalik avtomobil yo’llarni shu yilnging 4-chorakiga qadar reja asosida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Oxirgi uch yilda tegishli dasturlar doirasida tuman hududidagi avtomobil yo’llarida 72.6 mlrd so’m evaziga 138.6 km yo’llar ta’mirlandi hamda foydalanishga topshirildi.
2023 yilda barcha dasturlar doirasida jami 35.59 mlrd so’m evaziga 81.9 km yo’llar ta’mirlandi hamda foydalanishga topshirildi.
Jumladan:
1) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-154-sonli qaroriga asosan 2 mlrd so’m evaziga 4.4 km yo’llar ta’mirlandi hamda foydalanishga topshirildi.
2) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-408-sonli qaroriga asosan 17.1 mlrd so’m evaziga 43 km yo’llar ta’mirlandi hamda foydalanishga topshirildi.
3) Open byudjetning 1-bosqichida g’olib bo’lgan MFYda ichki ko’chalarni asfaltlash hamda shag’allash ishlari olib borish asosan 8.68 mlrd so’m evaziga 21.7 km yo’llar ta’mirlandi hamda foydalanishga topshirildi.
4) Mening yo’lim (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2-fevral kungi Avtomobil yo’llari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida 49-sonli qaroriga asosan mahalliy byudjet mablag’lari xisobidan ichki yo’lllar infratuzilmalarini yaxshilash bo’yicha) 1.4 mlrd so’m evaziga 4 km yo’llar ta’mirlandi hamda foydalanishga topshirildi.
5) Open byudjetning 2-bosqichida g’olib bo’lgan MFYda ichki ko’chalarni asfaltlash hamda shag’allash ishlari olib borish asosan 2.8 mlrd so’m evaziga 7 km yo’llar ta’mirlandi hamda foydalanishga topshirildi.
6) Umumfoydalanishdagi avtomobil yo’llarida 3.61 mlrd
so’mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi.
Bundan tashqari, eng og’ir hududlardagi 70 km tuproq yo’llar hashar yo’li bilan shag’allashtirildi.
Joriy yilda 5.336 mlrd so’m evaziga jami 162 km maxalliy axamiyatdagi avtomobil yo’llarida saqlash, joriy tamirlash va qishda saqlash ishlarida qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Bugungacha, 2.08 mlrd so’mlik yo’l ishlari bajarilib, 162 km maxalliy axamiyatdagi yo’llarda saqlash, joriy tamirlash va qishda saqlash ishlari 39 % ga bajarildi.
Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg’i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi 204-sonli qarori va shu yuzadan viloyat hokimining 2024-yil yil 19-apreldagi tegishli (163-12-0-Q/24-sonli) qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi 18 ta mahallaga korxona tashkilotlardan mas’ullar briktirilib, mahallalar qiyofasini yaxshilash hamda ijtimoiy taranglikning oldini olish bo’yicha tuman hokimligi binosida 24 soatlik ShTAB tashkil qilingan. ShTAB a’zolari tomonidan aholining murojaatlari belgilangan tartibda hal qilish choralari ko’rilmoqda.
2024 yilda Open byudjet loyixasi doirasida 1-mavsum uchun 11,5 mlrd mablag’ o’zlashtirilib, 9 ta loyiha g’olib deb topilib, loyiha-smeta ishlari yakuniga yetmoqda.
2024 yil investisiya dasturi doirasida jami 115 mlrd 222 mln so’m mablag’ ajratilib, 8 mlrd 372 mln so’m mablag’ evaziga 1 ta maktab rekonstruksiya qilish, 1 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini qurish ishlari rejalashtirilgan.