Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Matbuot xizmati
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Bog'lanish
Media tur | Bunyodkorlik ishari va bu boradagi islohotlar samarasi

04.02.2025

2025-2026-yillarda Tuproqqalʼa tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 3 ta (Sardoba ko‘li bo‘yida turizm zonasini tashkil qilish, sunʼiy granit va marmar mahsulotlarini ishlab chiqarish, avtomobillar uchun plastmassa buyumlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish) loyihalar belgilangan bo‘lib ushbular yuzasidan berilgan vazifalar amalga oshirilishi kutilmoqda.

Shuningdek, tumanda tarmoq korxonalari va tuman hokimligi masʼulligida amalga oshiriladigan bir qator investitsiya loyihalari bajarilishi belgilab o‘tilgan. Jumladan:

1. “Bakra akuatech” MCHJ (intensiv usulda osyotr balig‘ini yetishtirish)

2. “Boltavoy Oqsoqol” MCHJ (Qafas moslamalarida baliq yetishtirishni tashkil etish)

3. “Xudashkur ota” MCHJ (Temirdan darvoza va eshiklar ishlab chiqarish)

4. “Pitnak TBM” MCHJ (Temir-beton plitalarini ishlab chiqarish)

5. “New Best Style” MCHJ (3D devor panellarini ishlab chiqarish)

2025-2026-yillarda qarorning 7-ilova 21-bandida ko‘rsatilgan A-380 avtomagistral yo‘lining “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” 492,7-km qismidagi ko‘prikni rekonstruksiya qilish. Hozirgi kunda “14-temir yo‘l otryadi” tomonidan qurilish ishlari 53 foizga bajarildi.

“Kaparas” nasos stansiyasidan suv taqsimlash kamerasigacha ichimlik suv quvurini qurish loyihasi doirasida qurilish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, qarorda tuman uchun bir qator topshiriqlar berib o‘tilgan.

Jumladan:

1. Tumandagi 14-son maktabni mukammal taʼmirlash hamda 9-son umumtaʼlim maktabini mukammal taʼmirlash va 180 o‘rinli yangi bino qurish.

2. Tumanda yoshlar markazini barpo etish hamda jihozlash.

3. Tumandagi “Al-Xorazmiy” istirohat bog‘i negizida “Yashil jamoat parklari” tashkil etish.

4. Hududda sanitariya jihatidan tozalikni saqlash maqsadida tumanda chiqindi olib ketish xizmatlarini davlat xususiy sherikchilik shartlari asosida tender savdolariga chiqarish belgilangan.

5. Davlat xususiy sherikchilik shartlari asosida Fransiyaning “voltalia” kompaniyasi bilan quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurish.

6. Tumanning Sarimoy mahallasi hududida joylashgan qurilishi tugallanmagan bog‘cha binosini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish.

7. Qarorning 12-ilovasiga asosan sanoat, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish uchun jami maydoni 14,51 gektar bo‘lgan 455 lotlarni electron onlayn auksion savdolariga chiqarish.

8. Tumanda 40 gektar ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida “bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish.

9. Sanoat kirib bormagan mahallalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va kichik ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish.

10. O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman bo‘limini xizmat binosi bilan taʼminlash.

11. Tumanda o‘z binosiga ega bo‘lmagan jami 2 ta mahallani xizmat binolari bilan taʼminlash.

12. “Ochiq byudjet” portali orqali “Mening bog‘im” loyihasi doirasida tumanda 1 ta yashil bog‘ yoki yashil jamoat parkini tashkil etish.

13. Tumandagi Navbahor va Muxabbat mahallalaridan o‘tuvchi Mustaqillik ko‘chasini tunu-kun ishlaydigan ko‘chaga moslashtirish.

14. Tumanda mavjud 15,5 km uzunlikdagi tuproq va taʼmirtalab ichki ko‘chalarni taʼmirlash.

15. Qishloq xo‘jaligi yerlarini o‘zlashtirish maqsadida eksperiment tariqasida o‘rmon ov xo‘jaligiga qarashli 500 gektar yer maydonini tuman zaxirasiga qaytarish.

26. Tuproqqalʼa kasb-hunarga o‘qitish markazining bo‘sh turgan yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida.

27. Sarimoy qishlog‘idagi 11-son maktabda olis hudud maqomini berish.

28. Sarimoy mahallasida qurilishi rejalashtirilgan IT shaharcha.

29. Sarimoy va Nukus mahallalarida yashovchi ishsiz xotin-qizlarning doimiy bandligini taʼminlash.

30. Sayapir mahallasida 2012-yildan buyon bo‘sh turgan shifoxonaga moslashgan 5 100 kv.metr bino va xizmat ko‘rsatish tashkil qilish.

31. Tuman mudofaa ishlari bo‘limini bino bilan taʼminlash belgilangan.

32. Iqtisodiy o‘qishni taʼminlash, tadbirkorlik, shu jumladan sanoat va xizmat ko‘rsatish dasturlarini amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida tumanda 5 ta drayver loyihalarini amalga oshirish.

Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
  • Joy nomlari
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Matbuot xizmati
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 bo'yicha
  • Ochiq budjet ma'lumotlari
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Murojaat uchun
  • Aloqador hujjatlar
  • Amalga oshirilayotgan ishlar
Ishlab chiqivchi:Furqat Masharipov