11-oktyabr - Xalqaro qizlar kuni
11.10.2024
BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktyabr — “Xalqaro qizlar kuni” deb eʼlon qilingan. Sana munosabati bilan bugun Tuproqqalʼa tumanining Saidlar mahallasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Aminova ishtirok etib, yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Tadbir doirasida qizlar taom tayyorlash, to‘qish, kitobxonlik va boshqa yo‘nalishlarda o‘zaro bellashdilar. @tuproqqala_uz Tuproqqal'a hokimligi axborot xizmati