AHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI
25.12.2024
Tuproqqalʼa tumani hokimi Akmal Jimalyazovning navbatdagi fuqarolar qabuli bugun Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tdi. Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan qabulda barcha xizmat ko‘rsatuvchi korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Fuqarolar tomonidan asosan davolanish uchun moddiy yordam, tabiiy gaz va uy-joy kadastri masalalarida murojaatlar bildirildi hamda bir qismi shu joyning o‘zida hal etildi. Qolgan qismi yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. @tuproqqala_uz Tuproqqal'a hokimligi axborot xizmati