30.12.2022
Yangi yil bayrami munosabati bilan tuman hokimi Alisher Salayev ehtiyojmand va kam taʼminlangan oila xonadonlariga tashrif buyurib, yangi yil bayram sovg‘alarini ulashmoqda.
Tuman prokurori, 2-sektor rahbari Sultonboy Gaybiyev extiyojmand oilalarga bayram sovg‘alarini ulashmoqda.
Ishsiz oila aʼzolariga hunaridan kelib chiqqan holda "Yoshlar daftari" jamg‘armasidan subsidiya asosida mehnat qurollari topshirildi.
Tuproqqalʼa tuman DSI boshlig‘i, 4-sektor rahbari Sanobar Ro‘zimova tashabbusi bilan sektorning “Muxabbat” va "Yangi zamin" mahalladarida yashovchi extiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga Yangi yil sovg‘alari tarqatildi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan viloyat hokimi o‘rinbosari Maxmud Umurzoqov va tuman hokimi Alisher Salayev Tuproqqalʼa hududidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqarolar mavjud xonadonlarda bo‘lib, bayram sovg‘alari hamda oziq-ovqat mahsulotlari tarqatdilar.
Bayram arafasida kam taʼminlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar va yakka yolg‘iz keksa avlod vakillari holidan xabar olish anʼanaga aylandi.
Bugun tuman hokimi Alisher Salayev tumandagi nogironli bo‘lgan, to‘shakka mixlanib qolayotgan ayollar xonadonlariga tashrif buyurib, ularga "Elektron yuritmali aravacha" va farzandlariga bayram sovg‘alari hadiya qildi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan tuman hokimining Tuproqqalʼa hududi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Otabek Zarlikov tumanning chekka hududi mahallalarida ham extiyojmand oilalarga yangi yil bayrami sovg‘alarini ulashmoqda.
Xususan, bugun tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sardorbek Sultanov 1-sektor hududi mahallalarida istiqomat qiluvchi va ayni paytda xorijdagi mehnat faoliyati bilan band fuqarolarimizning xonadonlariga borib, ularning oilalaridan xabar oldi va bayram sovg‘alari, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Shuningdek, chet davlatlarida mehnat qilayotgan fuqarolar bilan telefon orqali muloqot qilib, bayram bilan qutladi va ezgu tilaklar bildirdi.
Shifoxonada davolanayotgan bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashildi
Bayram munosabati bilan tuman hokimi Alisher Salayev boshchiligida imkon qadar barcha aholi qatlamlariga bayram mehrini ulashish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, bugun tuman hokimi tibbiyot birlashmasida bo‘lib, xastalikdan davolanayotgan bolajonlarimizga bayram sovg‘alarini ulashdi.