28.09.2022
Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarga sifatli va tezkor davlat xizmatlarini ko’rsatish, ularni og’irini engil qilish, aholiga davlat xizmatlarini ko’rsatish jarayonida ularning ortiqcha ovoragarchiliklariga, byurokratik holatlarga chek qo’yish bugungi kunda xalqimizga davlat xizmatlarini ko’rsatish sohasidagi asosiy faoliyat yo’nalishlardan biri hisoblanadi.
Xususan Republikamizda Davlat xizmatlarini ko’rsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to’siqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-tamoyillarni tubdan qisqartirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan 70 turdan ortiq ma’lumotnoma va hujjatlar taqdim etilishi talabi bekor qilinib, davlat organlari tomonidan ushbu ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasidan foydalangan holda olish tizimi joriy etildi.
“Elektron hukumat” tizimining muhim belgisi – oflayn xizmatlar o’rniga onlayn xizmatlarning joriy qilinishi. Ma’lum bir hujjat uchun yana boshqa o’nlab idoradan hujjat to’plashga chek qo’yilishidir. Davlat idoralarining ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlarini integrasiya qilish, ularni o’zaro bog’lash orqali. Ayniqsa, biznes jarayonlarini qayta injenering qilish orqali qisqartirish kerak. Odamlarga onlayn tarzda ariza topshirish va xizmatlarni olish, ma’lumotlar, ariza topshirish va hokazo xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratish axborotlashgan jamiyat omillaridir.
Aholiga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda ko’rsatish ko’lamini oshirish va fuqarolarning idorama-idora sarson bo’lib yurishining oldini olish, davlat organlari axborot tizimida mavjud ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish bo’yicha ishlar izchil ko’lamda davom ettirib kelinmoqda. Jismoniy va yuridik shaxslar uchun davlat xizmatlari ko’rsatish ko’lamini oshirish, aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, bu borada barcha uchun teng sharoitlarni yaratish orqali inklyuziv muhitni shakllantirish maqsadida:
2022 yil 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikasiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo’shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikasiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etildi va xozirgi kunda axoli orasida keng ko’lamda foydalanilib kelinmoqda.
Shuningdek, Davlat xizmatlari ko’rsatish sohasida bir qancha yangi davlat xizmatlari joriy qilindi. Jumladan,
- Nogironligi bo’lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishga ariza yuborish;
- nogironligi bo’lgan yoshlarga o’qish davrida yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya ajratish uchun ariza yuborish;
- nogironligi bo’lgan yoshlarga o’qish xarajati uchun subsidiya ajratishga ariza yuborish;
- patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyasdan va ro’yxatdan o’tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyasdan o’tkazish;
- milliy toifali sport hakami toifasini olish uchun ariza berish;
- sport hakamlariga malaka toifasini berish;
- aktuariy malaka sertifikatini berish;
- avtomobil tarixi haqida ma’lumotnoma;
- moddiy madaniy mereos restavrator-ustalari uchun malaka sertifikatini olish;
- veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish;
- yo’qolgan ashyoning topilmaganligi to’g’risida ma’lumotnoma olish;
- topilmalar, yo’qolgan buyumlar va hujjatlar bo’yicha so’rov yuborish.
-o’z-o’zini band qilib yo’lovchi tashish uchun lisenziya olish;
Shuningdek, hozirgi kunda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 250 dan ortiq davlat xizmatlari ko’rsatib kelinmoqda. Jumladan, Tuproqqal’a tumani Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilning o’tgan davri davomida 10 196 ta davlat xizmatlari ko’rsatildi.
Bu esa, o’z navbatida xalqimizga sifatli va tezkor davlat xizmatlarini ko’rsatishga xizmat qiladi.
Tuproqqal’a tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi, 2-darajali yurist B.S.Ro’zmetov