Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Matbuot xizmati
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Bog'lanish
Yangi O'zbekiston - maktab ostonasidan boshlanadi

29.09.2021

Keyingi yillarda yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. O'sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy va ma'naviy jihatdan yetuk inson qilib tarbiyalash, ularning iste'dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, kitobga nisbatan mehr uyg‘otib kamol toptirish har birimizning zimmamizdagi burchimizdir. Zero, kitobxonlik har bir millatning ma'naviy-ma'rifiy qiyofasini o'zida aks ettiruvchi oyna hisoblanadi. Shunday ekan yosh avlodni ma'rifatparvar ziyolilarimiz boshlagan ezgu amallar davomchisi sifatida tarbiyalashimiz lozim. Jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, ijodkor yoshlarni aniqlash, ularga amaliy jihatdan ko'maklashish maqsadida davlatimiz tomonidan alohida e'tibor qaratilib, samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risidagi PF-6108-sonli farmoniga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab har bir umumta'lim muassasalarida "Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchi" lavozimining joriy etilishi haqidagi farmonlari bunga yorqin misol bo'la oladi.

Shu farmonga muvofiq 2021-yil 6-sentyabr kuni Tuproqqal'a tumanidagi umumiy o'rta ta'lim maktablariga, Tuproqqal'a tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan suhbat asosida 21 nafar ijodkor, shoir, yozuvchi, ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari "Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchi" lavozimiga tayinlandi.

Ishonch bildirilib shu lavozimga tayinlangan ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilarning asosiy vazifasi ijodkor o'quvchilarning va faol o'qituvchilarning ijodiy ishlarini jamoatchilikka yetkazishlarida amaliy yordam ko'rsatishdir. Biz yosh avlodni Vatanga sadoqat va mehr-muhabbat ruhida tarbiyalab, tumanimizda yosh ijodkorlarning saflari kengayishida o'zlarining hissalarini qo'shishlariga umid qilib qolamiz.

 

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

tuman bo‘linmasi raxbari                                                       X.Sultonov

Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
  • Joy nomlari
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Matbuot xizmati
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 bo'yicha
  • Ochiq budjet ma'lumotlari
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Murojaat uchun
  • Aloqador hujjatlar
  • Amalga oshirilayotgan ishlar
Ishlab chiqivchi:Furqat Masharipov