18.10.2024
️Shu munosabat bilan bugun Tuproqqal'a tuman kasb-hunar maktabida "Oʻzbek tili milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimizning timsoli!” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Respublika Ma'naviyat va marifat markazi tuman bo‘linmasi hamda tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari, maktab jamoasi ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib o‘tilgan qiyinchiliklardan tortib hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi. Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan kun mavzusiga doir ijro etilgan monologlar, dostonlardan she’riy parchalar, ona tilni ulug‘lovchi badiiy chiqishlar barchasi tadbir ishtirokchilarda ko‘tarinki ruh va faxr-iftixor uyg‘otdi.