Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Matbuot xizmati
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Bog'lanish
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining 66-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

29.11.2022

Sessiyaga Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Alisher Salayev raislik qildi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1. Tuproqqalʼa tumani 2-sektordagi Yo‘ldosh Oxunboboyev mahallasi Nurota ko‘chasi 60-uyda yashovchi tibbiy yordamga muhtoj Husinov Neʼmat Raximovichning oilasini hamda 4-sektordagi Shayxlar mahallasi Billur ko‘chasi 91-uyda yashovchi yakka-yolg‘iz Qutlimuratov Masharipni “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risida.

2. Tuproqqalʼa tumani 4-sektor hududidagi Yangi zamin mahallasida yashovchi fuqaro Kuryazov Bobamurad Sadullayevichning, shu mahallada yashovchi Ochilov Anvar Xusinovichning hamda Muxabbat mahallasida yashovchi Masharipov Doniyorbek Quvondiq o‘g‘lining oilalarini “Temir daftar”dan chiqarish to‘g‘risida.

3. Tuproqqalʼa tumanida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni quyosh suv isitish qurilmalari bilan taʼminlash uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

4. Tumandagi “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni tomorqa yerlaridan samarali foydalanish maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ko‘chat sotib olish uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 3 fevraldagi “Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi F-22-sonli farmoyish ijrosi yuzasidan tuman xalq taʼlimi bo‘limi va umumtaʼlim maktablarida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari to‘g‘risida

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalardan faqat Kuryazov Bobamurad Sadullayevichning oilasini "Temir daftardan chiqarish masalasi" oila boshlig‘ining hali to‘liq tuzalib ketmaganligi, oila daromadlari meyyor darajasiga yetmaganligi sababli rad etildi.

Shuningdek, tuman Xalq taʼlimi bo‘limi va umumtaʼlim maktablarida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari tanqidiy taxlil qilindi hamda tuman Xalq taʼlimi bo‘limi mudiri, 11, 18, 20, 21-son maktab direktorlariga tegishli chora ko‘rish yuzasidan viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasiga taqdimnoma kiritish borasida qaror qabul qilindi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikrlarini bildirdilar.

Sessiya kun tartibida muhokama qilingan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Sessiya Tuproqqalʼa tumani hokimligi axborot xizmati YouTube ijtimoiy tarmog‘i rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilindi.

 

 

 

Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
  • Joy nomlari
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Matbuot xizmati
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 bo'yicha
  • Ochiq budjet ma'lumotlari
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Murojaat uchun
  • Aloqador hujjatlar
  • Amalga oshirilayotgan ishlar
Ishlab chiqivchi:Furqat Masharipov