
21.01.2025
TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!
Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani hokimligining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “Munis al-Xorazmiy” istiroxat bogʻi negizida zamonaviy tematik istiroxat va kungil ochar parkini tashkil etish hamda foydalanishга топшириш boʻyicha davlat-xususiy sheriklik loyihasi yuzasidan boshqa talabgorlarga mazkur loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻgʻrisida maʼlum qilish taklifi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tuprqqalʼa tumani hokimligi “DOSOV SHERZOD ATTRAKSION” MCHJga tomonidan tashabbus qilingan “Davlat-xususiy sheriklik asosida Tuproqqalʼa tumani xokimligi balansida boʻlgan “Munis al-Xorazmiy” istirohat bogʻini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qayta tashkil etish hamda foydalanish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik loyihasi (keyingi oʻrinlarda – Loyiha) amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Tuprqqalʼa tumani hokimligi barcha manfaatdor tomonlarni Loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻgʻrisida maʼlum qilish taklifi taqdim etishlarini soʻraydi. Xususiy sherik mamlakatdagi oʻsib borayotgan bozordan manfaat koʻradi hamda mamlakatda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan birida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-son qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari 2025-yil 7-mart sanasiga qadar topshirilishi kerak.
Qiziqish bildirish uchun tasdiqlangan soʻrov formasi va hujjatlar (hisobotlar) toʻliq hamda oʻz vaqtida taqdim qilinmagan taqdirda berilgan takliflar rad etiladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
![]() |
![]() |
![]() |
Qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani hokimligi |
![]() |
![]() |
![]() |
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
![]() |
![]() |
![]() |