Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Voqealar
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Bog'lanish

    Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
Tuproqqal'ada kuzgi bug'doy ekish ishlariga kirishildi.

07.08.2023

Tuproqqalʼa tumani Pastom mahallasidagi “Tuproqqalʼa tekstil” MCHJga qarashli maydonda 2024-yil hosili uchun g‘alla ekishni tizimli tashkil etish yuzasidan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan seminarda tuman hokimi Shuhrat Ahmedov, sektor rahbarlari, soha mutaxassislari, hudud rahbarlari va fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etdi.

Seminar ishtirokchilarga don ekinlarini belgilangan muddatlarda ekish uchun yerni tayyorlash, yaxlit konturlarni tanlash, mavsumda zarur bo‘ladigan moddiy-texnika resurslarini o‘z vaqtida va to‘liq yetkazib berish borasida tushuntirib o‘tdilar.

Tumanda 2024-yil hosili uchun 7 ta hududda jami 78 ta fermer xo‘jaliklari hamda 1 ta paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan 1500 gektar maydonga g‘alla ekish rejalashtirilgan.

Seminardan so‘ng dehqonchilikka qut-baraka, mo‘l hosil so‘rab yaxshi niyat va duolar ostida ekin maydonlarga g‘alla ekish ishlariga kirishildi.

Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
  • Joy nomlari
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Voqealar
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 bo'yicha
  • Ochiq budjet ma'lumotlari
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
Ishlab chiqivchi: