01.07.2022
Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar, aziz yoshlar!
Bugun tumanimizda juda katta ko’tarinkilik, yoshlarimiz uchun haqiqiy quvonchli ayyom.
Shu munosabat bilan Siz azizlarni, barchangizni - o’z hayotini Vatan taqdiri bilan chambarchas bog’lagan, Vatanini jonidan sevguchi sizdek jonkuyar xalq farzandlarini, tumanimiz xalqi nomidan muborakbod etaman!
Men Siz yoshlarimizni ko’rib, eng ulug’ va olijanob ishlarga hozirlangan zabardast xalq farzandlarining eng ulug’ fazilatlari ko’z oldimda namoyon bo’lmoqda.
Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “... hayot haqida o’zining mustaqil fikri va qarashiga, axloqiy – ma’naviy qadriyatlarga ega, salohiyatli yoshlarimiz xalqimizning ishonchi va tayanchiga aylanmoqda” deya Siz yoshlarimizga juda katta ishonch bildirgan.
“Biz o’z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug’ maqsadni qo’ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug’beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak”, - deya Muhtaram Yurtboshimiz O’zbekiston xalqiga, yoshlarga, katta avlod vakillariga yana ham katta mas’uliyat yuklaganlar va bu borada Yurtboshimiz boshlagan yo’ldan ildam qadamlar bilan borishga undaydi.
Har bir sohada o’zining mas’uliyatli va sharafli burchini munosib ado etayotgan mard o’g’lonlarimiz, shijoatli qizlarimiz, Vatan tinchligi, yurt obodligi, istiqlolimiz abadiyligi va jahonda O’zbekiston degan jannatmakon yurtning nufuzini yuksaklarga ko’tarayotganligi hammaga birdek quvonch bag’ishlamoqda.
Men hayot haqida o’zining mustaqil fikri va qarashiga, axloqiy – ma’naviy qadriyatlariga ega bo’lgan salohiyatli yoshlarimiz xalqimizning ishonchi va tayanchi deb bilaman va Siz yoshlarga ishonch bildiraman!
Bugungi kunda o’g’il-qizlarimiz uchun Vatan mehri, sadoqati, ajdodlar ruhiga sodiqlik hissi bilan chinakam mardlik, fidoyilik, haqiqiy vatanparvarlik fazilatlarini namoyon etgan holda amalga oshirayotgan muvaffaqiyatlari hech shubhasiz shu yo’lda erishgan eng katta yutug’imizdir. Bu haqiqatni yurtimizdagi barcha ota-onalar butun xalqimiz g’urur bilan, minnaddorchilik bilan e’tirof etmoqdalar.
Yurtimizning mard va jasur, o’ktam, qadamlari shahdam, suyukli farzandlari borki, ona vatanimizning kelajagi albatta buyuk bo’ladi.
Bu yurt Siz va Sizning timsolingizda barcha yoshlarimiz o’z yelkasiga yuklangan mas’uliyat va sharafni sadoqat va ona zaminga mehr bilan ado etayotganliklari bois mamlakatimiz yoshlarini Muhtaram Prezidentimiz o’z farzandlaridek ardoqlayapdilar va juda katta ishonch bildirmoqdalar.
Mamlakatimizning shijoatli yoshlari borki, asrlar sinovidan o’tgan o’lmas qadriyatlariga tayanib, o’z kuchi va qudratiga ishonib, inonib yashayotgan buyuk Xalqimizni o’z tanlagan yo’lidan hyech kim hyech qachon qaytara olmaydi.
Zero, Yoshlar – O’zbekiston kelajagidir!
Biz Siz kabi matonatli va aql idrokli yoshlar bilan o’z maqsadlarimizga albatta erishamiz va ko’zlagan marralarimizga yetamiz!
Siz yoshlarimiz – bizning ishonchimizsiz, yurtimizning ertangi kunisiz!
Barchangizga Bayram muborak bo’lsin!
Ilohim yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo’lsin!