
12.04.2023
Tuproqqal’a tumani - Xorazm viloyatidagi yangi tashkil qilingan tuman nomi va Tuproqqal’a tumani hududida joylashgan “Tuproqqal’a maskani” MFY nomi. Miloddan avvalgi 1 ming yillik va milodiy VI asrga oid qal’aning xarobalar. Tuproqqal’a – tuproq qal’asi, tuproqdan qilingan qo‘rg‘on ma’nolarini anglatadi.
Pitnak - so‘zining lug‘aviy ma’nosiga kelsak, uni olimlar kichik qirli yer, kichik voha deb ta’riflaydilar. Masalan, o‘tgan asrning 70-yillarda tarix fani o‘qituvchisi Umid Xo‘jayev tilshunos olim Yusuf Jumanazarovga Pitnak etimologiyasini aniqlashda yordam berishni so‘raganida olim Pitnak so‘zi Pishkanak, Karvak so‘zlariday qadimiy Xorazm tiliga (mil. Av.4, mil.av.3 asr) mansub ekanligini hamda kichik voha degan ma’noni bildirishini aytgan.
Pitnakning etimologiyasi va toponimikasi bilan bog‘liq fikrlarni umumlashtirib, Pitnak kichik voha, ozgina yer, unumli yer, kichik bir zamin, dehqonchilikka qulay makon ma’nolarini bildirib, qadimiy xorazmiy tilidagi Pitta-yer, voha so‘zlariga fors-tojikchada kichiklikni bildiruvchi -nak, ak- qo‘shimchalarining qo‘shilishi bilan yuzaga kelgan. Ushbu fikrni Xorazmning taniqli toponimiki Zarifboy Do‘simov ham ilgari surgan.
Mahallalar nomlari:
1. Saxovat mahallasi - Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanidagi mahalla nomlaridan biri hisoblanadi. Ushbu termin arab tilidan o‘zlashgan bo‘lib, o‘zbek tilining izohli lug‘atida mazkur so‘z quyidagi ma’nolarni ifodalashi qayd etiladi:
a) “qo‘li ochiqlik, oliyhimmatlilik, saxovatlilik; baland himmatlilik, saxiylik;
b) tabiiy boylik, mo‘l hosil, to‘kinlik, mo‘llik” (O‘zbek tilining izohli lug‘ati. III jild, 464-bet).Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2021-yil 28-apreldagi 36/3-sonli qarori bilan (oldingi eski Ahmadjon Ibragimov nomiga o‘zgartirish kiritilib, yangi nom Saxovat nomi ) tasdiqlangan.
2. Tuproqqal’a maskani mahallasi - tuproq qal’asi, tuproqdan qilingan qo‘rg‘on ma’nolarini anglatadi. Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2021-yil 28-apreldagi 36/3-sonli qarori bilan Tuproqqal’a maskani nomi tasdiqlangan.
3. Shayxlar mahallasi - (arab. — keksa, oqsoqol; qabila, urugʻ, oila oqsoqoli) — islom dini keng tarqalgan va shu hududda oqsoqollar ulamolar yashaganligi sababli Shexlar dab atalgan. Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2021-yil 28-apreldagi 36/3-sonli qarori bilan (tuzatilish kiritilib, Shaxylar nomi) tasdiqlangan.
4. Pastom mahallasi - shu hududda past uylar joylashganligi sababli Pastom nomi bilan atalgan. Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2021-yil 28-apreldagi 36/3-sonli qarori bilan Pastom nomi tasdiqlangan.
5. Obod mahallasi - “katta qishloq (shahar)ning obodonlashtirilgan bir qismi” degan ma’nosini bildiradi. Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2021-yil 28-apreldagi 36/3-sonli qarori bilan Obod nomi tasdiqlangan.
6. Nurobod mahallasi - ushbu termin arabcha “yorug‘lik” ma’nosini bildiruvchi nur va forscha “odam yashaydigan, ishlov berilgan” ma’nolarini ifodalovchi obod so‘zlarining qo‘shilishidan hosil qilingan toponim hisoblanadi. . Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2022-yil 216-fevraldagi VI-51-36-12-218-K/22-sonli qarori bilan Nurobod nomi tasdiqlangan.
7. Navbahor mahallasi - mazkur termin fors tilidan o‘zlashgan bo‘lib, u mustaqillik yillarida qo‘yilgan nom hisoblanadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida erta, ilk bahor, bahorning boshi ma’nolarini ifodalaydi (O‘zbek tilining izohli lug‘ati III jild 6-bet) Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2021-yil 28-apreldagi 36/3-sonli qarori bilan Navbahor nomi tasdiqlangan.
8. Hazorasp mahallasi - Hazorasp tumani, ilmiy izlanishlar natijasida tumanda dev qal’a mavjuda bo‘lib, mazkur qal’ani dev qurgan. Dev aldash yo‘li bilan shu yerga suv ichgani keladigan mingta qanotli otni qo‘lga kiritadi va ularning qanotlarini kesib o‘ziga o‘rgatgan. Shu otlarning nihoyatda yaxshi avlodlari tufayli Hazorasp, ya’ni ming otliqlar diyori deb atala boshlangan. Tilshunoslarning ta’kidlashicha, Hazorasp toponimi asosida qabila nomi yotadi va u Hazora-os bo‘lib, “Os qabilasi” degan ma’noni anglatadi. Shuningdek, Hazorasp toponimi shevasida Hazaris shaklida qo‘llanadi va yozma manbalarda ham Hazaris, Hazarus, Azarus shaklida tilga olinadi. Shu hududda Hazoraspliklar borib yashayotganligi sababli, Hazorasp mahallasi nomi bilan atalgan. Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2021-yil 28-apreldagi 36/3-sonli qarori bilan Hazorasp nomi tasdiqlangan.
9. Yoshlik mahallasi - yoshlarga xos xatti-harakat, xususiyat, yoshlik g‘ururi – degan ma’noni biladiradi (O‘zbek tilining izohli lug‘ati. II jild, 53-bet). Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2021-yil 28-apreldagi 36/3-sonli qarori bilan Yoshlik nomi tasdiqlangan.
10. Yangi zamin mahallasi - yer, tuproq, mamlakat yangi tashkil qilingan zotan, yangidan bunyod etilgan ko‘rkam chamanzor ma’nolarni bildiradi. (Tuproqqal’a tumani tashkil qilingan keyin, tashkil qilingan yangi mahalla). Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2022-yil 216-fevraldagi VI-51-36-12-218-K/22-sonli qarori bilan Yangi zamin nomi tasdiqlangan.
11. Saidlar mahallasi - yuqori Said elati Cho‘bitli o‘basi nomining kelib chiqishining hikoya qilarlaricha ushbu hududga ko‘chib kelib joylashganlar machit qurganlarida, machitda uzoq vaqt cho‘bitli to‘n kiygan chol yashagan ekan. Keyinchalik ushbu machit hududlari Cho‘bitli yeri, Cho‘bitlilar deb yuritila boshlangan. Qal’a o‘basi ham shu elatda joylashgan bo‘lib bu yerda XIX asr boshlarida qurilgan to‘rtburchakli qal’a bo‘lganligidan uning atrofidagi yerlar va aholi yashash joylari qal’a bo‘lganligidan uning atrifidagi yerlar va aholi yashash joylari qal’a o‘basi deb yuritilgan. Qal’a yaqinida bozor ham bo‘lgan. Bu hududlarda bugunki kunda: boylar, gavdonlar, go‘klar, gidillar, go‘nchilar, davanglar, zo‘qaylar, yetmaklar, eshonlar, mo‘llaqo‘chqorlar, kuchanchilar, kallar, kajlar, tonalar, tovqallar, xonqalilar, papaxlar, pirlar, pishiklar, laloqlar, oqsoqollar, chandirlar, sallolar, sorilar, simonlar, qirg‘izlar kabi xonadon sohiblari bor. Yuqori Said elatida alakchilar, yetmaklar, dabillar, jikrlar, ko‘raklar, xarrotlar, tunukachilar, pishiklar, qizillar degan oilalar yashaydi. Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2021-yil 28-apreldagi 36/3-sonli qarori bilan Saidlar nomi tasdiqlangan.
12. Yo‘ldosh Oxunboboyev mahallasi - (1885, Margʻilon yaqinidagi Joʻybozor qishlogʻi — 1943.28.2, Toshkent) — davlat va jamoat arbobi. Margʻilondagi paxta tozalash zavodida ishchi (1901—04), Oʻzganda batraklik qilgan (1904—14). 1916-yilgi xalq qoʻzgʻoloni qatnashchisi. 1917-yil Oktyabr toʻntarishidan keyin Margʻilon atrofida tashkil qilingan dastlabki qishloq shoʻrosi, Margʻilon uyezdidagi “Qoʻshchi” ittifoqi raisi (1919—21). Oʻzbekiston SSR MIK raisi (1925— 38), Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1938—43) bo‘lgan Yo‘ldosh Oxunboboyev nomida qo‘yilgan. Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2021-yil 28-apreldagi 36/3-sonli qarori bilan Yo‘ldosh Oxunboboyev nomi tasdiqlangan
13. Sayapir mahallasi – Sayapur o‘basining vujudga kelishi to‘g‘risidagi hikoyalar ham xilma-xildir. Ularning birida bu hudud sayohatchilar dam olish uchun qulay bo‘lgan yo‘lda joylashganligidan sayohatchilar piri qo‘nib o‘tgan deyiladi va shundan keyin bu hudud Sayapir – Sayyohlar piri to‘xtab dam olib o‘tgan yer deb atalgan ekan. Yana bir hikoyada sayapir yerlari unumdor bo‘lganligidan qo‘shni qishloqlardan aholi erta bahorda kelib dehqonchilik qilganlar va kuzda hosilni yig‘ishtirib uylariga qaytib ketganlar. Bunday holatning tahrorlanishi bois keluvchilarni sayohatchilarga qiyoslaganlar. Ularning yashab qolganlarini sayapirliklar va bu hududni Sayapir deb atashgan ekan. Hozirgi bu o‘bada: banggilar, baxshilar, jangchilar, jarraklar jayralar, dasmollar, noiblar, oraliqlar, kallar, to‘shlar, tojiklar, tilkilar, turvaqlar, tovshanlar, sarilar, so‘msalar, xivalilar, xuftonlar, qozilar qoralar, shaytonlar, charchilar deb ataluvchi xonadonlar sohiblari yashamoqdalar. Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2021-yil 28-apreldagi 36/3-sonli qarori bilan Sayapir nomi tasdiqlangan.
14. Sharlauq mahallasi – Shu hududda shar-shar joylashgan bo‘lib, shar-shardan suv sharrilab oqgani uchun shu hudud aholi Shorlauq deb nomlashgan (Pitnak shahariga dastlab1971-yilda tashkil topgan Shorlauq pasyolka kengashi asos qilinib, 1974-yil 16-iyulda Respublika Oliy Kengashi ra’yosati farmoni bilan rayonga bo‘ysinuvchi Shorlovuq nomidagi shahar maqomi beriladi). Tuman tashkil topganidan keyin, tuzatilish kiritilib, Sharlauq nomini Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2021-yil 28-apreldagi 36/3-sonli qarori bilan Sharlauq nomi tasdiqlangan.
15. Nukus mahallasi - surgun qilingan to‘qqiztata qizning o‘g‘illaridan tarqalgan kishilarning avlodi bo‘lib, “To‘qqiz kishi” demakdir (tojikcha no‘h – to‘qqiz, kas - kishi). Nukus shahri aholisining ko‘chib kelib yashaganligi sababli Nukus mahallasi deb nomlangan. Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2021-yil 28-apreldagi 36/3-sonli qarori bilan Nukus nomi tasdiqlangan.
16. Muhabbat mahallasi - Pitnak shahrining tashkil topishida quruvchilar loyihasini “O‘zbekiston shaharsozlik ilmiy-tadqiqot va loyiha” instituti jamoasi amalga oshiradi. Bunda taniqli me’mor Muhabbat Rasulovaning loyihasi muhim o‘rin tutadi. Keyinchalik shahardagi restoranlardan biri va uning atrofidagi mahalla Muhabbat nomi bilan atalgan. Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2021-yil 28-apreldagi 36/3-sonli qarori bilan Muhabbat nomi tasdiqlangan.
17. Yakkachiqir mahallasi - Pitnak tarixida suv chiqarish chig‘iri yakka ya’ni bir dona bo‘lgan. Yuqori obod qismini suv bilan ta’minlagan va Yakkachiqir nomi bilan nomlangan. Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2022-yil 216-fevraldagi VI-51-36-12-218-K/22-sonli qarori bilan Yakkachiqir nomi tasdiqlangan.
18. Sarimoy - mol sutidan shirobcha, qaymoq, sariyog‘ tayyorlangan. Har nonning ustida kuydirilmagan sarimoy, yana shu hududda karvon o‘tgan va shu hudud aholisi karvonlarga sarimoy bilan choy tayyorlab berishgan. Karvonchilar shu yerdan o‘tganda sarimoy sotib olib ketishadigan bo‘lishgan, shu bilan sarimoy nomi bilan qolgan. Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2021-yil 28-apreldagi 36/3-sonli qarori bilan Sarimoy nomi tasdiqlangan.
