Tengdosh - tengdoshga!
26.09.2022
Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan imzolangan qo‘shma qarorga muvofiq 2022-2023-o‘quv yilida “Tengdosh - tengdoshga” tamoyili asosida iqtidorli bolalarni izlab topish, ularning qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, faol bo‘lmagan yoshlar bilan tizimli ishlarni tashkil qilish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning sentabr oyida Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlarida Sardorlar sayloviga start berilgan edi.
Jumladan, bugun Tuproqqal'a tumanida tuman sardorlar Kengashi saylovi bo'lib o'tdi hamda munosib nomzodlar Tuproqqal'a tuman sardorlar Kengashi sardorligiga saylandilar.