10.11.2022
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o‘rganish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida, uchrashuvlarda tumanimizning barcha xududlaridan(maxallalarida) jami 236 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, 2022-yilning 10 oyi davomida Tuproqqal’a tuman davlat soliq inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan tumanning barcha xududlarida (maxalalarida) jami 26 marotaba tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, qariyb 154 ta tadbirkorlik sub’ektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan (Elektron shaklda hisobotlar yuborish, Elektron shaklda ariza va murojaatlar yuborish) axborot tizimlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda Tuproqqal’a tumanida 867 ta tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritadi. Yil boshidan buyon “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tumanimizdagi 102 ta korxonaning 154 ta muammolari o‘rganilib, mazkur muammolarning 135 dan ortig‘i bevosita soliq xodimlari ko‘magida hal etildi.
Tuproqqal’a tuman davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 96 ta korxonadagi 297 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirilib, ularning ijtimoiy himoyasi ta’minlandi.
Aytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq ma’muriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda. Xususan, 2020 yilda yangi Soliq kodeksi qabul qilindi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mulk solig‘i esa 5 foizdan 1,5 foizga tushdi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga pasaytirildi. Natijada, tumandagi tadbirkorlarning ham islohotlarga ishonchi ortib, soliq tushumlari tumanda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravar ko‘paygan bir vaqtda, 2022-yilning 10 oyi davomida,boshqa soliq turlaridan ortiqcha to‘lov summasini qaytarish yuzasidan 103 korxonada 654,1 mln. so‘m pul mablag‘lari korxonalarning hisob raqamlariga qaytarildi.
2022-yilning 10 oyi davomida tumanimizda soliq to‘lovchilari tomonidan 25 801,2 mln. so‘m miqdorida soliqlar to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 1 117,8 mln. so‘m ortig‘i bilan bajarildi.Budjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy qismi 20 548,8 mln. so‘mi, ya’ni 79,6 foizi yuridik shaxslar, 5 252,4 mln.so‘mi yoki 20,4 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Jumladan: 2022-yilning o‘n oyi davomida AOS (aylanmadan olinadigan soliq) rejasi 2 464,0 mln.so‘m belgilangan bo‘lib,haqiqatda 2 822,3 mln. so‘mga yoki rejaga nisbatan 358,3 mln.so‘m qo‘shimcha mablag‘lar tushirilib 114,5 foizga, “Ishchi xizmatchilar daromad solig‘i”dan rejasi 8942,0 mln.so‘m belgilangan bo‘lib,haqiqatda 11137,2 mln. so‘mga yoki rejaga nisbatan 2195,2 mln.so‘m qo‘shimcha mablag‘lar tushirilib 124,5 foizga,”YaTTlar qat’iy solig‘i”dan rejasi 230,0 mln.so‘m belgilangan bo‘lib,haqiqatda 270,4 mln. so‘mga yoki rejaga nisbatan 40,4 mln.so‘m qo‘shimcha mablag‘lar tushirilib 117,6 foizga,”Suv resurslardan foydalanilganlik uchun” soliq rejasi 256,0 mln.so‘m belgilangan bo‘lib,haqiqatda 263,1 mln. so‘mga yoki rejaga nisbatan 7,1 mln.so‘m qo‘shimcha mablag‘lar tushirilib 102,8 foizga, “Yuridik shaxslar yer solig‘i”dan rejasi 1702,0 mln.so‘m belgilangan bo‘lib,haqiqatda 2012,1 mln. so‘mga yoki rejaga nisbatan 310,1 mln.so‘m qo‘shimcha mablag‘lar tushirilib 118,2 foizga bajarildi.
Hurmatli tadbirkorlar endi xarid summasidan 1 foizli keshbek olish, “Soliq hamkor” tizimlarining joriy etilishiga ham to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam — bu tizim mijozlarni jalb qilishga qaratilgan maxsus bonus dasturlarining bir turi bo‘lib, soliq tizimida samarali qo‘llanib kelinyapti.
To‘g‘risi, soliqchilar yaqin paytgacha faqat soliq yig‘ish bilan shug‘ullanib kelgan.
Prezidentimizning 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5252 sonli qarori (Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risidagi”)ga asosan, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirish hamda yashirin iqtisodiyot hajmini qisqartirish maqsadida xarid summasidan 1 foiz miqdorda keshbek qaytarish mexanizmi joriy etildi.
Ma’lumki, har bir tadbirkorlik nuqtasi mahsulot sotsa QR kodi bo‘lgan fiskal chek berishi shart. Agar ular bunday chekni bermasa yoki plastik kartada savdo qilishni istamasa, xaridor do‘konda tortishib o‘tirmay, bu haqda “Soliq hamkor” tizimi orqali xabar berishi mumkin. Albatta, bunda murojaat qanchalik asosli ekanligi jiddiy tekshiriladi. Qoidabuzarlik holatlari tasdiqlangan taqdirda murojaatchi — soliq hamkor orqali undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida rag‘batlantiriladi.
Jumladan, tumanda 2022 yil 10 oyi davomida “Soliq hamkor” dasturi orqali 65 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib,ushbu murojaatlar yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishlarda 54-ta holatda 213.5 mln.so‘m moliyaviy jarima qo‘llanilib shu davrda, tekshirida aniqlangan qoidabuzarlik holatlari tasdiqlanganligi natijasida “Soliq hamkor” orqali undirilgan jarimalardan 32,5 mln.so‘m mukofot puli murojaatchilarga qaytib berilgan.
2022 yilning 10 oy mobaynida Tuproqqal’a tumanda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 07.01.2021 yildagi “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va ularni soliq xavfi darajasi bo‘yicha toifalash tartibi to‘g‘risida”gi №1-sonli karoriga asosan, 174-ta korxonada “Kameral soliq tekshiruvi” o‘tkazilib, o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida shu davrda 764,4 mln.so‘mga qayta xisobotlar olinib budjetga qo‘shimcha hisoblandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.11.2021 yil “Orol bo‘yi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi PF-25-sonli farmoni yuzasidan tumandagi 97-ta korxona va tashkilotlarga, tumanda yangi tashkil etilib, ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar uchun hisoblanishi lozim bo‘lgan Foyda solg‘i, hamda yer va mol-mulk soliqlarini 50 foizga kamaytirib xisobotlar taqdim qilinishi yuzasidan, tushuntirishlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimchcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi PK№104-sonli karor (2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvarga qadar chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari, avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish, transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilanganligi) yuzasidan 73-ta korxonada tushuntirishlar o‘tkazildi.
Davlat soliq idoralari tomonidan asossiz tadbirkorlik faoliyatiga aralashish, noqonuniy tekshirish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tuproqqal’a tuman davlat soliq xizmati organlari xodimlari soliq sohasiga oid barcha savollaringizga javob berish, bilmaganlaringizni o‘rgatish va “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarga yaqindan yordam berishga doimo tayyordirlar.