Shumanaylik fuqarolarga bayram sovg‘alari tarqatildi
27.12.2022
Muhtaram Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ko‘maklashishga Xorazm viloyati masʼul qilib belgilangan edi.
Bugun Tuproqqalʼa tumani hokimligi vakillari bayram arafasida Shumanay tumanida bo‘lib, "Aybuyir" ovulida istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan va ehtiyojmand 30 ta oilalarni Yangi yil bayrami bilan qutlab, bayram sovg‘alari hamda turli oziq-ovqat jamlanmalarini topshirdilar.