Sayyor qabul: Muammoning katta-kichigi boʻlmaydi.
20.07.2023
Avval xabar berganimizdek, bugun Tuproqqal'a tumanida sektor rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli bo'lib o'tdi.
Qabul davomida, fuqarolar tomonidan uy-joy ta'miri, kommunikatsiyalar, moddiy yordam kabi turli sohalarda murojaatlar bildirilib, bir qismi shu joyning o'zida hal etildi.
O'rganib chiqish uchun vaqt talab qiluvchi masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga qonuniy tartibda hal etish maqsadida muddat berilib, ijrosi sektorlar nazoratiga olindi.