Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Matbuot xizmati
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Bog'lanish
Rasmiy munosabat

12.10.2023

Tuproqqalʼa tumani hokimligi “My5” telekanali “Markaziy studiya” ko‘rsatuvining 11-oktabridagi sonida “Suv quvurlari yotqiziladi deya kovlangan yo‘llar hamon ochiqligicha qolib ketgan” sarlavhali reportaj yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi "2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish, hududlarda, ayniqsa mahallalarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yana-da rivojlantirish, shuningdek, aholining turmush darajasini oshirish hamda tadbirkorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish toʻgʻrisida"gi PQ-465-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, unga asosan Tuproqqalʼa tumani Muhabbat mahallasida joylashgan 20 ta ko‘p qavatli turar joy binolarini issiqlik manbai bilan taʼminlash masalasida markazlashgan “Qozonxona” obyektini 2023-yilda 1-bosqichi, 2024-yilda 2-bosqichi qurilishi belgilangan.

Tuproqqalʼa tumani markazida ko‘p qavatli turar joylar ko‘p joylashgan hudud Muhabbat mahallasi hisoblanadi. Shu sababli, ushbu mahalladagi ko‘p qavatli turar joy binolarini markazlashgan “Qozonxona” orqali issiqlik manbai bilan taʼminlash maqsadida hurmatli Prezidentimizning qarorlariga asosan ishlar olib borilmoqda.

Hozirgi kunda qurilish ishlari 60% ga yetganligi 6-noyabr kunigacha qurilish ishlarining 1-bosqichi yakunlanib, qazilgan yerlar va qurilish ishlari davomida chiqarib tashlangan tuproqlar tekislanib, oldingi holatiga qaytarilishini bildiramiz.

Shuningdek, qurilish ishlari davomida daraxtlarga shikast yetkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Tuproqqalʼa tumani inspeksiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, daraxtlarga hech qanday shikast yetmaganligi ma'lum qilindi.

Ayni damda mahallada tashkil qilingan “Yashil hudud” va aholi tomorqasiga oqar suv yetkazib berishda yuzaga kelgan muammolar bartaraf qilinmoqda.

Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
  • Joy nomlari
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Matbuot xizmati
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 bo'yicha
  • Ochiq budjet ma'lumotlari
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Murojaat uchun
  • Aloqador hujjatlar
  • Amalga oshirilayotgan ishlar
Ishlab chiqivchi:Furqat Masharipov