31.05.2023
Pensiya va nafaqalarni tayinlash jarayoniga qanday zamonaviy ishlanmalar va elektron tizimlar joriy etilmoqda. Bugungi kunda Pensiya jamg’armasi tomonidan ko’rsatiladigan 13 turdagi xizmatlarning 10 tasi fuqaroning Pensiya jamg’armasiga murojaatisiz amalga oshirilmoqda. Jumladan,
- 3 tasi “proaktiv” shaklda, ya’ni fuqaroning murojaatisiz avtomatik ravishda;
- 2 tasi “kompozit” shaklda, ya’ni fuqaro FHDYo yoki tibbiyot muassasida ro’yxatga olinganda, ma’lumotlarni elektron ravishda olish orqali;
- 5 tasi “interaktiv” shaklda, ya’ni fuqaro elektron, mobil apparati orqali.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23-martdagi 119-son Qarori bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida Nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizomning 5-bandiga asosan bola 18 yoshgacha nogironligi bor deb belgilansa va/yoki nogironligi bor deb e’tirof etilgan bola o’zgalar parvarishiga muhtoj og’ir kasallik bilan bog’liq deb e’tirof etilsa, bolalikdan nogironlik nafaqasi va 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo’lgan qonuniy vakiliga qo’shimcha nafaqa bolaning ota-onasi yoki qonuniy vakili murojaati qilmasa ham Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligining TIEK komissiyasi tomonidan vakolatli organning axborot tizimiga yuborilgan elektron ma’lumotlar asosida «proaktiv shakl»da avtomatik tayinlanadi.
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan shartlar va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo’lmagan I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarga, davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo’lmagan vafot etgan shaxsning qaramog’idagi oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolariga, davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo’lmagan keksa yoshdagi shaxslar va bolalikdan nogironligi bo’lgan farzandi bor (bo’lgan) onalarga nafaqalarni tayinlash davlat xizmatlari markazlari yoki O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish natijasida vakolatli organ axborot tizimi tomonidan interaktiv shaklda inson omilisiz avtomatik tarzda tayinlanadi.
Shu o’rinda, pensiya va nafaqaga chiqish, pensiya va nafaqa tayinlanganligi va to’lovi to’g’risida mobil ilova orqali “@pensiyauzbot” telegram boti va “Hujjatlar-telefonda” mobil ilovasida fuqarolarga sifatli xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yilganligini ma’lum qilamiz.
Byudjetdan tashqari pensiya jamg’arma
Tuproqqal’a tuman bo’limi boshlig’i: B.Matkarimov