Payshanba – “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”
21.09.2023
Jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, tinchlik-osoyishtalikni yana-da mustahkamlash maqsadida har haftaning payshanba kuni joylarda huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Shu munosabati bilan bugun ertalab Tuproqqalʼa tumani Obod mahallasidagi "Yangi O'zbekiston" massivida sektor rahbarlari tomonidan tuman IIB, prokuraturasi hamda davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari bilan huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.