
Pastom mahallasi ichki ko‘chalariga asfalt yotqizildi.
10.03.2023

Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan bugun bunyodkorlik ishlari har sohada amalga oshirilmoqda.
Xususan, "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-408-sonli Qarorga muvofiq Tuproqqalʼa tumanida 7 ta obyektda qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan edi.
Shu qaror asosida Pastom mahallasi, Mehr-oqibat ko‘chasining 970 metr qismiga asfalt yotqizildi.
Maʼlumot o‘rnida, ushbu ko‘chada tumanning eng ilg‘or maktablaridan biri 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi joylashgan.
