Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Matbuot xizmati
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Bog'lanish
PENSIYAGA CHIQISHDA MUHIM YANGILIK

27.12.2022

O’zbeksiton Respublikasi prezidentining 4-may 2021 yildagi PQ-5102 sonli qaroriga asosan fuqarolarga pensiya tayinlashda ortiqcha hujjatlar bekor qilinib, 2023 yil 1 yanvardan boshlab fuqaroning fuqarolik faqat pasporti yoki ID kartasi asosida pensiya tayinlash tizimiga o’tiladi.

Davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliy ta'lim muassasalaridagi o'qish hamda harbiy xizmat davri to'g'risidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi. Bunda, pensiyaga chiqish huquqi paydo bo'lgan chog'ida ishlamaydigan fuqarolarga o'zlarining mehnat daftarchalaridagi mehnat staji to'g'risidagi ma'lumotlarni bandlikka ko'maklashish markazlariga murojaat qilish orqali «Yagona mehnat milliy tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish xizmati joriy etiladi.

Bu yangilik O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.10.2022 yilfagi 592-sonli qarorida ham ko’rsatilgan bo’lib, 77-bandiga asosan ish haqi ma’lumotlari pensiya jamg’armasi xodimlari tomonidan

•             2005 — 2016 yillar davri uchun — jamg'arib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar to'g'risidagi ma'lumotlardan;

•              2016 — 2018 yillar davri uchun — fuqarolarning Pensiya jamg'armasiga o'tkazilgan sug'urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reestri ma'lumotlaridan;

•             2019 yil uchun — fuqarolarning ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reestri ma'lumotlaridan;

•             2020 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun — «YAMMT» IDAKda mavjud ma'lumotlardan kelib chiqib hisobga olinadi.

Yuqoridagi davrlarda zarur ish haqi ma’lumotlari tizimlarda mavjud bo'lmaganda yoki fuqaroning murojaati asosida qog’oz shaklidan ma’lumotlardan foydalanish mumkin.

Budjetdan tashqari pensiya jamg'arma
Tuproqqal’a tuman bo’limi boshlig’i                                                  B.Matkarimov

 

Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
  • Joy nomlari
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Matbuot xizmati
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 bo'yicha
  • Ochiq budjet ma'lumotlari
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Murojaat uchun
  • Aloqador hujjatlar
  • Amalga oshirilayotgan ishlar
Ishlab chiqivchi:Furqat Masharipov