
Sayyor qabul: muammo va yechim
12.02.2025
Bugun tuman sektor rahbarlari Tuproqqal'a maskani mahallasida fuqarolarning taklif va muammolarini eshitdilar. Qabul davomida asosan kredit, yer va bandlik masalalarida murojaatlar bildirildi. Bildirilgan masalalarning bir qismi shu joyning o'zida hal etildi, qolgan qismi yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. @tuproqqala_uz Tuproqqal'a hokimligi axborot xizmati