15.11.2021
O‘zbekiston kelajak sari
“O‘zbekiston Respublikasi” – bu so‘zlarni bugungiday jarangdor va g‘urur bilan yangrashi uchun - necha davrlar, necha asrlar, qanchadan qancha zahmatlar o‘tmadi deysiz. Ona yurtimizning uzoq o‘tmishi, shonli tarixi bugungi kunda nafaqat turkiy elatlar, balki butun dunyo uchun ma’lumki, bugun dunyo jamiyati bizni, olib borayotgan siyosatimiz, yuksalishlarimiz, eksport mahsulotlarimiz yoinki jahon arenalarida qo‘lga kiritayotgan shoda-shoda medallarimiz bilangina emas, buyuk ajdodlarimiz, sarkarda bobokalonlarimiz-u ulug‘ allomalarimiz bilan ham e’tirof etmoqdalar. Biz ana shunday bir pog‘onaga ko‘tarila olgan ekanmiz bu mavqega erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni yanada jadal suratlarda amalga oshirishimiz zarur.
Respublikamiz yaqin o‘tmishdagi mustamlakadan so‘ng, mustaqillikdan keyingi o‘ttiz yil davomida bosqich-ma bosqich, o‘zini anglab oilshga, rivojlanishga ba yuksalishga harakat qildi. O‘tgan bu davr mustaqillik yillari bo‘lsa ham ko‘plab xatolar, kamchiliklar, sansalorlik, korrupsiya, mansabparastlik kabi turli illatlar batamom holi kechdi deya olmaymiz. Ammo baribir shunisi quvonarliki loqayd va beg‘amlardan ko‘ra, yuragida yurt ishqi jo‘sh urgan fidoiy, zahmatkash insonlar, niyatlari holis qolaversa mashaqqatli mehnatlari sermahsulligi tufayli birdamlikda jonkuyar yurtboshimiz rahnamoligaia ulug‘ kunlarga erishdik. Yaqindagina mamlakatimizda demokratik huquqlar asosida Prezident saylovi bo‘lib o‘tganidan barchamiz birdek xabardormiz. Yurtimizda fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari to‘liq saqlangan holda, to‘g‘ridan to‘ri yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov uchun oldindan katta tayyorgarliklar ko‘rilib, fuqarolar o‘zlari tanlagan nomzodlarga erkin ovoz berish jarayonida hech qanday kamchilik va muammolarsiz ishtirok etdilar. O‘tkazilgan saylov natijalridan ham ma’lumki Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan ishlaridan xalq mamnun. Saylovda yana bir bor g‘alaba qozongan yurtboshimiz mamlakat fuqarolari, butun bir o‘zbek xalqining ishonchini qozonganidan benihoya xursandligi, o‘ziga bildirilgan ishonch hissining naqadar kuchli ma’suliyatli ekanligini chin dildan his qilayotganligi Prezident qasamyodi” minbaridagi so‘zlaridan, qolaversa yana kuch-g‘ayrat bilan boshlab yuborilgan ishlardan ravshan ko‘rinib turibdi. Ayni paytda Yangi O‘zbekiston kelajak sari odimlar ekan har kun har daqiqada, har bir qadamida yangilanishlar, oliy maqsadlar va albatta natijalar ham namoyon. Olib borilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlarni bir-ma bir sanab o‘tishimizning iloji yo‘q, zero olib borilayotgan ishlarning har biri alohida e’tiborga loyiqdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bugun ba ertamiz uchun shunday bir mukammal strategiyaki ishlab chiqib, uni mahorat olib bormoqdalarki yaqin kelajak, ya’ni qisqa fursatlarda bo‘ladigan o‘zgarishlarni eshitib, jarayonlarga bevosita guvoh bo‘lib, beixtiyor to‘lqinlanib ketasan. Bunyodkorlik ilm-fan, sport, sog‘liknin saqlash, qishloq xo‘jaligi sohalari, ayniqsa ertamiz egasi bo‘lgan yosh avlod uchun qilinayotgan ishlar birlamchi va dolzrb mavzulardir. Bu ishlarning amaldagi natijalari uchun esa millionlagan mablag‘lar sarflanishi hech kimga sir emas. Ana shunday ulkan sarf-harajatlar davlat byudjeti tomonidan sarflanayotgan ekan, o‘zlariga ishonch bildirilgan mutassadi tashkilotlar, mansabdor shaxslar ham sidqidildan ish olib borishi talab etiladi. Bu masala esa yurtboshimiz e’tibor qaratgan muhim ishlar biri bo‘lib, bugungi kunda xalq otasi rasmiyatchiligini yig‘ishtirib, xalq orasida muloqotda bo‘lib, xalq dardini shaxsan tinglab, kamchiliklarni joyida hal qilib lavozimlarini suiste’mol qilayotganlarning, ma’suliyatsiz rahbarlarning o‘rnini, o‘z egalariga ya’ni – “Mana men xalq uchun, yurt kelajagi uchun xizmat qilaman” degan fidoiy hodimlarga bo‘shatib bermoqda. Shu o‘rinda yaqindagina bo‘lib o‘tgan yoshlar bilan uchrashuvlarning birida Prezidentimiz: - Mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, har bir mahalla viloyat hokimining yordamchisi, yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etiladi. Yoshlar siyosati eng muhim masalalardan biri ekanligini inobatga olib, ushbu yoshlar Prezident vakili bo‘ladi – degan edilar. Ushbu yordamchilarning asosiy vazifasi ham dolzarb olib borilayotgan “Beshta muhim tashabbus” loyihasi doirasida olib borilishi, asosi esa yoshlar dasturlarini shakllantirishga qaratilishi ma’lum qilindi. Bobolarimizning -“Qishning g‘amini yozda ye” – qabilidagi maqomi singari ertamiz uchun bugundan harakat qilish, harakatni esa to‘g‘ri yo‘ldan tanlash albatta samara beradi. Yaqin kelajakda O‘zbekiston Respublikasi butun dunyo andoza oladigan go‘zal va so‘lim, tinch va farovon, hur diyor bovladi deb ishonamiz. Yangi O‘zbekistonni esa bilimli va xar tomonlama yetuk avlod bilan birgalikda yashnatamiz, o‘z hissamizni qo‘shamiz.