06.01.2023
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga Murojaatlarida vatanimiz ravnaqi yo'lida amalga oshirilgan va joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar haqida katta ma'lumotlar berib o'tdilar.
O’zbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi (2018 yilda 52 milliard dollar bo’lgan).
Shu yilning o’zida 8 milliard dollar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalar kirib keldi, eksportimiz esa, 19 milliard dollarga yetdi (2018 yilda 14 milliard dollar bo’lgan).
Pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo’lmagan darajaga olib chiqildi.
Misol uchun, 2017 yilda kam ta’minlangan 500 ming oila ijtimoiy yordam olgan bo’lsa, bugunga kelib 2 milliondan ortiq oilalarga ko’mak berilmoqda.
Ajratilayotgan mablag’lar esa, 7 baravar ko’paytirilib, yiliga 11 trillion so’mga yetdi.
Qoraqalpog’iston yutug’i – butun O’zbekiston yutug’i, Qoraqalpog’iston tashvishi – butun O’zbekiston tashvishi ekanligi takidlandi.
Shavkat Mirziyoyev 2023 yilni «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilishni taklif etdi.
Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O’zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to’g’ri yo’lidir!
O’zbekistonda vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi
Davlat xizmatchilari soni ham bosqichma-bosqich 30-35%gacha qisqartiriladi
Prezident ko’p vazirlar o’zgarashini bildirdi.
Har bir viloyatdagi muammolarni yechish uchun, har oyda joyiga chiqqan holda “Hukumat kuni” o’tkazilishi yo’lga qo’yiladi.
Vazir har yil boshida jamoatchilik oldida sohadagi rejasi va yil yakuni bilan esa uning natijasi bo’yicha hisobot beradi.
Vazir faoliyatini samarali tashkil etishda parlamentdagi qo’mita, komissiya va deputatlarning ham mas’uliyatini belgilash,taklif qilinib,. tanqid ham kerakligi ammo, hozirgi deputatlarga berilgan katta vakolat va imkoniyatlardan samarali foydalanish lozimligi takidlandi.
Bundan buyon davlat lavozimlariga faqat konkurs asosida ishga qabul qilinadi
Barcha rahbarlar faoliyati samaradorlik ko’rsatkichlari asosida baholab boriladi.
Har yili 500 nafar mutaxassisni eng nufuzli xorijiy oliygoh va markazlarda o’qitiladi.
Kelasi ikki yilda har bir tuman va shahar hokimligiga respublika idoralarida yuqori lavozimlarda ishlagan, bilimli va tajribali kadrlar qo’yiladi.
Yangi yildan boshlab har bir hokim o’z tumaniga 40-50 million dollar xususiy investisiyalarni olib kelishi kerak bo’ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand va Namangan shaharlarini alohida ma’muriy-hududiy birlik sifatida Respublika bo’ysunuviga o’tkazishni taklif qildi.
Yangi O’zbekiston “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurilishini va bu Konstitusiyada mustahkamlanishi kerakligi ta’kidlandi.
Birinchi navbatda, e’tibor Yangi O’zbekiston uchun eng katta investisiya bo’lgan ta’limni qo’llab-quvvatlashga qaratilishi ta’kidlandi.
O’qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitusiyada alohida belgilash zarurligi qayd etildi. Kelasi yildan boshlang’ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo’yicha o’qitish yo’lga qo’yiladi.
2023 yildan maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilish boshlanadi.
Milliy o’zligimiz timsoli, ma’naviyatimiz asosi bo’lgan ona tilimizga e’tibor yanada kuchaytiriladi. Albatta, chet tilini bilish — zamon talabi. Ammo ona tilini bilishni majbur qilish kerak
2023 yilda O’zbekistonda 70 ta yangi maktab quriladi, 460 ta maktab kengaytiriladi. Ikki smenalik ta’limni yo’q qilamiz
Kelasi o’quv yilidan barcha viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham bepul ovqatlanish joriy etiladi va buning uchun 2,3 trillion so’m ajratiladi.
Maktab bitiruvchilarining 50 foizi mehnat bozoriga hyech qanday kasbga ega bo’lmasdan kirib kelayotgani takidlandi.
Shu bois, 700 dan ortiq kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar imkoniyatidan samarali foydalanish zarurligi aytildi.
2023 yildan boshlab har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy ta’lim standartlari joriy etiladi.
Kimyo sanoati, elektrotexnika, transport va energetika sohalarida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birga, alohida Muhandislik maktablari tashkil qilinadi.
Bog’chalar sonini ko’paytirish, ulardagi ta’lim va tarbiya sifatini tubdan yaxshilash bo’yicha besh yillik dastur qabul qilinadi. Bog’cha qamrovini kengaytirish bo’yicha xususiy sektorga qo’shimcha sharoitlar yaratiladi
Tug’ruq komplekslarida o’rinlar soni 35 foizga ko’paytiriladi
Kelasi ikki yilda har bir oilaviy poliklinika va shifokor punktiga eng kerakli uskuna va jihozlar yetkazib beriladi, ekspress laboratoriyalar to’liq yangilanadi.
Keyingi yili qo’shimcha 140 ta oilaviy shifokor punkti va poliklinikalari, 520 ta olis va chekka mahallada ixcham tibbiyot punktlari tashkil etiladi.
Barcha tug’ruq komplekslari to’liq ta’mirlanadi va jihozlanadi, o’rinlar soni 35 foizga ko’paytiriladi
2023 yilda aholi tomonidan taklif berilgan suv, elektr, yo’l, maktab kabi loyihalar uchun qariyb 3 barobar ko’p, ya’ni 8 trillion so’m yo’naltiriladi.
Har bir mahalla o’zining kutubxonasi, sport maydonchasiga ega bo’lishi zarur.
Mahalla o’zining muammosini mustaqil hal etishi uchun, “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etiladi.
Buning uchun, 1 yanvardan boshlab, mol-mulk va yer soliqlarining bir qismi mahallaning o’zida qoladi
Hududlarda yo’lovchi tashish sifatini yaxshilash maqsadida, mingta avtobus harakati yo’lga qo’yiladi.
Bu orqali, jamoat transporti bo’yicha ahvol og’ir bo’lgan 300 ta mahalladagi 1 million aholining uzog’i yaqin bo’ladi
Har bir fuqaro o’zi xohlagan advokatni tanlash imkoniyatini beruvchi elektron tizim joriy qilinadi.
Tintuv o’tkazish, telefon so’zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiyani prokurordan sudga o’tkaziladi.
Mulk huquqini cheklashga oid har qanday harakat faqat sud orqali bo’ladi
Sudda ishlarni ko’rishda qatnashadigan alohida prokurorlar korpusi shakllantiriladi. Ular maxsus o’qitiladi, ishni sudda ko’rishda xolis, mustaqil bo’lishi qonun bilan belgilanadi
Odil sudlovni ta’minlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta ko’rib chiqilib, yetmaydigan vakolatlar beriladi.
Sudlarga jinoyat ishi faqat ayblov xulosasi bilan emas, balki himoyachi fikri bilan birga qabul qilinadi.
Ayblanuvchining himoyachidan voz kechishi bo’yicha har bir holat prokuror, sud tomonidan sinchiklab o’rganiladigan tizim joriy qilinadi.
Mulk va investisiyaning himoyachisi qaysidir hokim yoki vazir emas, faqat Konstitusiya, qonun va sud bo’ladi
O’tgan ikki yilda 5 mingga yaqin mansabdor korrupsiyaviy jinoyatlar bo’yicha javobgarlikka tortildi.
Shu yilning o’zida 100 ming gektar ekin yerini aholiga dehqonchilik qilish uchun bo’lib berdik. Buning hisobidan, 1,5 million tonna qo’shimcha oziq-ovqat yetishtirildi.
Eng asosiysi, qishloqlarda 400 mingta yangi dehqon xo’jaligi tashkil qilindi, 1 million 200 mingdan ziyod odamlarimiz band bo’lib, daromad olayapti.
Shu bois, 2023 yilda ham suv ta’minoti yaxshi 100 ming gektar qo’shimcha ekin maydonlarini aholiga ajratamiz. Buning hisobiga, qariyb 350 mingta yangi dehqon xo’jaliklari tashkil etiladi.
2023 yilda QQSning 15 foizdan 12 foizga pasaytirilishi hisobiga tadbirkorlarda 14 trln so’m mablag’ qoladi.
Kelgusi yildan, tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratiladi. Jumladan, tadbirkorlik uchun:
– har tomonlama rivojlangan 26 ta tuman 1-toifaga;
– infratuzilmasi yaxshi bo’lgan 46 ta tuman 2-toifaga;
– sharoiti nisbatan qoniqarli bo’lgan 76 ta tuman 3-toifaga;
– jozibadorligi yetarli bo’lmagan 40 ta tuman 4-toifaga;
– sharoiti og’ir bo’lgan 20 ta tuman 5-toifaga to’g’ri keladi.
Toifaga qarab, tumanlarning iqtisodiy rivojlanishini belgilanadi.
So’nggi olti yilda aholimiz 12 foizga, sanoat korxonalari esa 2 barobarga ortib, 45 mingdan 100 mingtaga ko’paydi.
Natijada, elektr energiyasiga talab kamida 35 foizga oshdi va yildan-yilga ko’payib bormoqda.
Iqtisodiyotimiz barqaror rivojlanishi uchun, energetika sohasiga 25-30 milliard dollar investisiya kerakligi aytildi.
So’nggi uch yilda sohaga 8 milliard dollarlik to’g’ridan-to’g’ri investisiyalar jalb qilindi.
Jumladan, o’tgan haftada Buxoro, Namangan va Xorazmda quvvati 500 megavattli yana 3 ta quyosh stansiyalarini qurish bo’yicha tanlov yakunlandi.
Yil boshidan quvvati 1,5 ming megavattli 7 ta elektr stansiyasini ishga tushirildi.
Kelasi yilda yana 4,5 ming megavattli 11 ta yirik loyihani yakuniga yetkaziladi.
Jumladan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Farg’ona va Toshkent viloyatlarida barpo etiladigan quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobiga, qo’shimcha 14 milliard kilovatt elektr ishlab chiqariladi.
Bu orqali, xonadonlarga beriladigan elektr energiyasi 50 foizga ko’payadi
2023 yil O’zbekiston iqtisodiyotida energiyani iqtisod qilish yili bo’ladi.
Kelasi uch yilda barcha davlat tashkilotlarida quyosh panellari va issiq suv kollektorlari o’rnatiladi.
Ushbu maqsadlarda 2 milliard dollar miqdorida investisiya jalb qilinadi.
Buning hisobiga, ularning 60 foiz elektr va gaz iste’moli “yashil energiya”ga o’tkaziladi.
Aholi xonadonlarida esa, quyosh paneli o’rnatishga ajratiladigan subsidiyalar hajmi 2 barobarga ko’paytiriladi.
Gaz zaxiralarini ko’paytirish maqsadida, geologiya-qidiruv ishlari bo’yicha o’n yillik dastur qabul qilinadi.
Gaz qazib chiqarishga oldin berilgan barcha lisenziyalar qayta ko’rib chiqiladi, samarasiz ishlayotgan korxonalar bo’yicha tegishli choralar ko’riladi.
So’nggi olti yilda investisiyalar hajmini yalpi ichki mahsulotning 30 foizidan oshirishga erishildi.
Kelasi yili qariyb 30 milliard dollar sarmoya jalb qilinadi, shundan 25 milliard dollar xususiy investisiyalar bo’ladi
Kelasi yili mingga yaqin korxonalar savdoga chiqariladi
Metallurgiya sohasida amalga oshirilayotgan katta dasturlar asosida besh yildan keyin misni 3 barobarga (500 ming tonna), oltinni esa, yiliga 150 tonnagacha oshiriladi.
2023 yilda eng yirik 10 ta kompaniyalar va tijorat banklar aksiyalari aholi uchun ochiq va shaffof savdoga chiqariladi
Yevropa bozorlariga tekstil, elektrotexnika, charm-poyabzal va boshqa tayyor mahsulotlar eksportini kamida 2 barobar oshiriladi.
Mahsulotlar eksporti bo’yicha hozirgi 9 ta bosqichli bojxona rasmiylashtiruvi 3 barobarga qisqaradi.
Umuman, 2023 yilda eksport hajmi tariximizda ilk bor 23 milliard dollardan ortadi (2018 yilda 14 milliard dollar bo’lgan)