Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Matbuot xizmati
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Bog'lanish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i!

18.11.2021

O‘zbekiston Respublikasi 1991-yil mustaqillikka erishgandan so‘ng, mamlakat hayoti tubdan o‘zgardi. “Erk”, “Ozodlik” tushunchalari har bir xalq ongida bashariyat bino bo‘lgandan beri turli hil ko‘rinishda aks etib kelmoqda.

O‘zbekiston tarixida ham bu tushunchalar necha bora o‘zgarganiga qaramay, bugalgi “Erk va ozodlik” batamom o‘zgacha suratda aks etdi. O‘zbek xalqi Mustaqillik sharofati bilan chin ma’noda hech kimga to’be bo‘lmagan, o‘z-o‘ziga bek bo‘lgan ozod mamlakatga aylandi. Ana shundan so‘ng davlatimiz birin-ketin islohotlarni boshlab yubordi. Davlat ramzlarini belgilash, qabul qilish muhimlaridan bo‘lib bu ishga chuqur yondashildi.

Bugungi ko‘rinishga ega bo‘lgan davlat ramzlari gerb, bayroq, madhiya, milliy valyuta kabi moddiy va ma’naviyliklarimiz, barcha o‘zbek xalqining g‘urur va iftixoriga aylandi. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i 1991-yil             18-noyabrda Oliy Kengashning VII sessiyasida qabul qilingan.

Bayrog‘imizdagi har bir elementga chuqur yondashilgan. Tarixiy manbalardan, ezgu timsollardan andoza olingan. Respublikamiz bayrog‘i bugungi kunda barcha davlat tashkilotlari peshtoqlarida, shahar mavzelarida hilpirab turar ekan, unga qarab haqiqiy erk hissini tuymaslikning iloji yo‘q. Bog‘chaga chiqqan bolajonning qayerdadir o‘z yurti bayrog‘ini ko‘rishi bilan quvonch to‘la ko‘zlarini katta ochib, barmog‘i bilan sizga ko‘rsatishi avvalo vatanga bo‘lgan muhabbat, qolaversa ramzlariga bo‘lgan xurmat va iftixordan darak beradi. Yangi O‘zbekistonning bugungi kunda bironta o‘g‘il-qizi yo‘q-ki o‘z sohalarida yuksak cho‘qqini zabt etib, yurt bayrog‘ini boshi uzra ko‘tarishni, uni o‘pib ko‘ziga surtishni hohlamasa.

Ozodlik va tinchlik ramzi iftixor va g‘urur timsoli, davlatimiz bayrog‘i musaffo osmonimiz uzra hilpirab turar ekan, xalqning osoyishtaligi va farovonligi bardavomdir.

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Tuproqqal’a tumani bo‘linmasi rahbari                                    Xushnud Sultonov

Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
  • Joy nomlari
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Matbuot xizmati
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 bo'yicha
  • Ochiq budjet ma'lumotlari
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Murojaat uchun
  • Aloqador hujjatlar
  • Amalga oshirilayotgan ishlar
Ishlab chiqivchi:Furqat Masharipov