25.07.2023
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 200-son qarori bilan Axborot-kutubxona sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning mamuriy reglamenti tasdiqlangan.
Reglamentga ko‘ra, Buyurtmachi o‘z xohishiga ko‘ra, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qiladi yoki YIDXP orqali davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Buyurtmachi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan so‘rovnomani elektron to‘ldiradi.
Аriza beruvchi so‘rovnomani YaIDXP orqali to‘ldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etiladi.
Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Vakolatli organga so‘rovnoma tushganidan so‘ng yetti ish kuni mobaynida obyektni joyiga borib bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurish imkoniyatlari mavjudligini o‘rganadi.
Quyidagilar ruxsat berishga doir talab va shartlar hisoblanadi:
- a) turar joyni noturar joyga o‘tkazishda:
turar joy avariya holatida emasligi;
turar joyni boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq yo‘qligi yoki ushbu turar joyga nisbatan xatlov mavjud emasligi;
noturar joyga o‘tkazilayotgan turar joy birinchi qavatda joylashganligi (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno);
qonunchilik hujjatlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga zid ravishda binolar konstruksiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi o‘zgartirishlar kiritmaslik;
obyektda evakuatsiya chiqishlarining soni va joylashishining o‘zgarmasligi;
turar joy aniq maqsadli kommunal uy-joy fondiga kirmasligi;
alohida kirish joyini yaratish imkoni mavjud bo‘lishi va boshqalar;
Xizmatdan foydalanilganlik uchun BHM 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Yig‘imni to‘lamaslik xizmat ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Agar ruxsatnomada obyektni rekonstruksiya qilmasdan faqat ixtisoslashishini o‘zgartirish ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu kadastr organlarining hududiy filiallari tomonidan belgilangan tartibda kadastr pasportini qayta shakllantirishga asos bo‘ladi va ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
Davlat xizmatlari markazi ruxsatnoma kelib tushgandan so‘ng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va (yoki) ariza beruvchini bu haqida elektron tarzda xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra unga ruxsatnomani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda taqdim etishi mumkin.
Tuproqqal’a tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi Shexnazarbek Madaminov.