Muammolarga yechim boʻlayotgan sayyor qabul
20.09.2023
Bugun tuman hokimi Shuhrat Ahmedov tuman Xalq qabulxonasi mudiri U.Urazbayev va tuman IIB boshlig'i J.Raxmetov bilan hamkorlikda Bolalar va o'smirlar sport maktabida fuqarolarni qabul qildilar.
Qabulda jami 18 nafar fuqarolar qatnashib ularning uy-joy, bank moliya kredit, moddiy yordam masalalari, yer - kadastr, va mahallalardagi obodonlashtirish ishlari yuzasidan murojaatlarni tingladi hamda ushbu murojaatlardan 7 tasi joyida hal qilindi. 6 ta murojaat bo'yicha huquqiy maslahatlar berilib, 5 ta murojaat yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi va ushbu murojaatlarning barchasi nazoratga olindi.