20.09.2022
Tuproqqal’a tuman IIB binosida “Mening mahallam – Mening sudyam” loyihasi doirasida aholi bilan sayyor uchrashuv o’tkazildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan I.Ismailov yig’ilishni kirish so’zi bilan ochib, kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan ma’ruza qildi.
Korrupsiya – mansab mavqyeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog’liq bo’lgan jinoyat hisoblanadi. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko’zlab, boylik orttirish maqsadida fuqarolardan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo’lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, masalan, korxonalarning boshqaruvchilari ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo’lishi; pora pul bilan emas, balki boshqa shaklda berilishi mumkin; korrupsiyaga doir munosabatlarning tashabbuschilari ba’zan davlat amaldorlari emas, balki tadbirkorlar hisoblanadi.
“Korrupsiya” atamasi lotincha “corruptio” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “buzish, pora evaziga og’dirish” degan ma’noni anglatadi.
Qisqacha “korrupsiya – bu shaxsiy maqsadlarda naf ko’rish uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish” deyish mumkin.
Korrupsiya – har qanday davlatning siyosiy tuzulishi,
iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasidan qat’i nazar, butun dunyoda global muammo hisoblanadi.
Korrupsiya jamiyatni yemiruvchi og’ir illat bo’lib, u ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy rivojlanishga, demokratiya asoslariga va qonunlar ustuvorligiga to’sqinlik qiladi va jiddiy zarar yetkazadi.
Eng avvalo korrupsiya, inson huquqlarini ta’minlashga monelik qilib, ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqaradi, erkin bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga, hayot darajasining pasayishiga olib keladi. Korrupsiya fuqarolarning davlat boshqaruvi idoralariga ishonchini yo’qolishiga olib kelib, uyushgan jinoyatchilikning avj olishiga zamin yaratadi va insonlarning xavfsizligiga tahdid soladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda, avvalo korrupsiyaga olib boruvchi sabab va muhitni bartaraf qiladigan qonunchilik, ma’muriy va boshqa choralarni qo’llash amaliyotini kengroq tatbiq etish, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarning korrupsion jinoyatlarni ochish, surishtiruv-tergov jarayonlarida ta’sirli, samarali usullardan foydalanish hamda davlat idoralari bilan bir qatorda fuqarolik jamiyati institutlari hamkorlik qilishlari, ya’ni ularning faoliyatini muvofiqlashtirish lozim.
Shuningdek, sudya I.Ismailov kun tartibidagi ikkinchi masala odam savdosi-umumjahon miqyosidagi muammo ushbu jinoyatning salbiy oqibatlari hamda ularni bartaraf qilish jinoyati xususida ham to’xtalib o’tdi.
XXI asrning dastlabki yillari ilm-fan va texnika rivojining shiddatli tus olganligi, axborot almashinuvi tizimining tubdan takomillashganligi bilan insoniyat tarixida o’ziga xos davr bo’ldi.
Buning natijasida mamlakatlararo migrasiya jarayonlari birmuncha faollashdi, fuqarolarning mehnat qilish, ta’lim olish, turizm va shu kabi turli maqsadlarda boshqa davlatlarga chiqishi, erkin faoliyat olib borishi uchun imkoniyatlar yanada kengaydi.
Ijobiy o’zgarishlar bilan bir qatorda ayrim transmilliy jinoyatlarning ortishi ham kuzatilmoqda. Odam savdosi ham ana shunday jinoyatlardan biridir.
Shahvoniy maqsadlarda ekspluatasiya qilish, majburiy mehnat, bolalar mehnatini ekspluatasiya qilish, tilamchilik, donorlik organlarining qora bozori - bularning barchasi bitta jinoyat - odamlar savdosining oqibatidir.
Shuni e’tiborga olish lozimki, o’rganib chiqilgan jinoiy ishlar tahliliga ko’ra, aksariyat holatlarda jabrlanuvchilar ushbu jinoyatga aldov yo’li bilan jalb qilinganlar. Ya’ni odam savdosini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan aldov usuli keng qo’llanilgan.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida odam savdosiga qarshi kurash borasida odam savdosi jinoyatiga qarshi kurashishning huquqiy asosini takomillashtirish; odam savdosiga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati; odam savdosiga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik; prafilaktik xarakterdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Odam savdosiga qarshi kurashish qonuniylik, odam savdosi bilan shug’ullanuvchi shaxslar javobgarligining muqarrarligi, odam savdosidan jabrlanganlarning kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik, ijtimoiy hamkorlik, ijtimoiy himoyalash kabi prinsiplarga asoslanadi:
2008 yil 8 iyulda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori bilan esa yuqoridagi qonun normalari amalga yanada samarali tadbiq etilmoqda. Jumladan, amaldagi JKning 135-moddasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilib, uning yangi tahririda odam savdosi beriladigan jazo shakllari aniq belgilab qo’yilgan.
Shuningdek, jinoyat ishlari bo’yicha Tuproqqal’a tuman sudi raisi I.Ismailov yuqoridagi kabi jinoyatning kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlarini bartaraf etishda aholiga ushbu toifadagi jinoyatlarni va uning salbiy oqibatlari bo’yicha targ’ibot tashviqot ishlarini olib borish va xususiy ajrimlar chiqarish, yo’li bilan ushbu jinoyatlarning kelib chiqishiga ko’maklashgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralarini ko’rish lozim deb o’z ma’ruzasiga yakun yasadi.
Sayyor uchrashuvga yig’ilganlar o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar va savollar yuzasidan qoniqarli javoblar oldilar.
Shundan so’ng yig’ilishga yakun yasaldi.