Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘z uylariga ega bo‘ldi
29.12.2022
Bugun Tuproqqalʼa tumanida tug‘ilgan sobiq mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Levshina Rima Davron qizi va Babajanova Mardona Babajan qiziga Yangi yil arafasida tuman hokimligi tomonidan turar-joylar sovg‘a qilindi.
Ayniqsa, Rima qizimizning nikoh to‘yida hokimlik vakillari tomonidan 2 xonali xonadon kalitlari topshirilishi esda qolarli bo‘ldi.
Maʼlumot o‘rnida: mazkur xonadonlar to‘liq taʼmirdan chiqarilgan, jixozlangan va zaruriy ro‘zg‘or buyumlari bilan to‘liq taʼminlangan.