Mehr-muruvvat va saxovat insonni ulug'laydi
16.08.2023
Tuproqqal'a tumani hokimi Shuhrat Ahmedov tomonidan tumanda "Mehr daftari"ga kiritilgan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning orzu-niyatlarini ro'yobga chiqarish, shuningdek, yashash va o'qish sharoitlarini yaxshilash borasida tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan.
Bugun daftarga kiritilgan ota-ona qaramog‘idan mahrum bolajonlarga tuman hokimi tomonidan “Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mebel jihozlari tarqatildi.