19.04.2022
Bugun Tuproqqal'a tuman hokimliga tuman hokimi Alisher Salayev boshchiligida tuman byudjetining kamida 5 foizini “Fuqarolar byudjeti” dasturi doirasida aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga sarflashni tashkil qilish masalalari yuzasidan Matbuot anjumani o'tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-son “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda 2021-yil 22-sentyabrdagi PQ-5250-sonli “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-son qaroriga asosan “Tuman (shahar) budjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida”gi namunaviy Nizomga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 26-yanvardagi KQ-302-IV-sonli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan qarorlariga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 16-fevraldagi VI-52-34-12-218-K/22-son qarori va unga asosan tuman ishchi guruhi tarkibi, mablag’larni jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM tasdiqlangan.
Shundan so‘ng, ushbu tadbirlar uchun xozirgi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berib o‘tildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ–5072-sonli qaroriga muvofiq, Tuproqqal’a tumanida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar bo‘yicha takliflarni moliyalashtirish uchun Nizom bo‘yicha 2022-yil boshiga “Fuqarolar tashabbusi” jamg’armasi hisob raqamidagi qoldiq 1110.4 mln.so’m, 2022-yilda tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi 1811.8 mln.so‘m 2022-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari 949.0 mln.so‘m, jamg‘armadagi 2021-yilda moliyalashtirilgan tadbirlardan qoldiq summa 76.2 mln.so‘m, jami 3946.5 mln.so‘m 2022-yil 1-yarmida o‘tkazilayotgan tashabbusli budjet jarayonida g‘olib takliflarni amalga oshirish maqsadida Tuproqqal’a tumani hokimligida budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari shaklidagi ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga o‘tkazilishi ta’minlandi.
Moliya vazirligi tomonidan ochilgan Ochiq budjet (openbudget.uz) portalida 2022-yil 1-fevraldan 22-fevralga qadar bo‘lgan davrda tuman fuqarolari tomonidan jami 382 ta taklif kiritilganligi va takliflar ishchi komissiyaning 2022-yil 3-martdagi 11-sonli yig‘ilishida ushbu takliflar komissiya a’zolari tomonidan loyiha qiymatlari qayta ko‘rib chiqilib, 190 ta takliflar belgilangan mezonlarga mos kelmaganligi sababli rad etilganligi hamda rad etilgan takliflar bo‘yicha taklif bergan shaxsning shaxsiy kabinetiga rad etishning asoslangan sabablari to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan.
Tanlab olingan 192 ta takliflar belgilangan holda jamoatchilik o‘rtasida ovoz berish jarayoniga ruhsat berilgan va ovoz berish jarayoni joriy yil 5- martdan 1-aprelga qadar davom etdi.
Tuproqqal’a tumanida 2022-yil 1-yarmida tashabbusli budjet jarayonida jami 382 ta takliflar kelib tushgan boʻlib shundan moderatsiya jarayonida 190 ta taklif nizom talablariga mos kelmaganligi sababli rad qilindi va 192 takliflar ovoz berish jarayoniga oʻtkazildi. 2022-yil 1-aprel (soat 23:59) holatiga jami 6 ta taklif g‘olib deb tipilgan.
G‘olib takliflarni moliyalashtirish tegishliligicha xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan manzilli ro‘yxat asosida amalga oshirilishi belgilangan (manzilli ro‘yxat ilova qilinadi).
Tuman budjetining jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘larining belgilangan maqsadlarda va samarali foydalanilishi hamda mablag‘larning ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligiga ishchi komissiya a’zolari shaxsan javobgarligi eslatib o‘tildi.