Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi.
13.08.2024
Bugun Tuproqqal'a tumani hokimligida Xorazm viloyati prokurori M.Axmedovning tuproqqal'alik tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo'lib o'tdi. Ochiq muloqotda tadbirkorlar tomonidan asosan imtiyozli kreditlash, yer va noturar obyektlar kadastri masalalarida murojaatlar bildirildi. Har bir masalani qonuniy hal etish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi prokuror nazoratiga olindi. O'z navbatida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitga munosib ish o'rin yaratish va ishsizlikka birgalikda bahram berish zarurligi qayd etildi. @tuproqqala_uz Tuproqqal'a hokimligi axborot xizmati