Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Matbuot xizmati
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Bog'lanish
Kimlar ro‘yxatga olish ishlarida ishtirok etadi ?

18.05.2022

Kimlar ro‘yxatga olish ishlarida ishtirok etadi ?

info-1
 

 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish ishlari uchun ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tanlash masalasi nihoyatda dolzarb hisoblanadi. 

  Mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlarda bu jarayonga jalb etiladigan xodimlar turli yoshda va har xil kasb egalari bo‘lishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan. 

  Shunga qaramay, tadbirga, birinchi navbatda, Davlat statistika qo‘mitasi va uning viloyat, shahar va tuman bo‘limlari xodimlari, statistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar, shuningdek, tayanch doktorantlar jalb etilishi maqsadga muvofiq. Boisi, shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonida aholini ro‘yxatga olish dasturida belgilangan savollar ro‘yxatiga rioya etish, ularning mazmuni buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, respondentga ishning maqsadini to‘g‘ri yetkaza olish va shu orqali olinadigan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga, ularning maxfiyligini ta’minlash va ularning mazmunini oshkor qilinmasligiga aynan ro‘yxatga oluvchi xodimlar bevosita mas’ul sanaladilar.

   Respondentlar tomonidan yashab turgan xonadonida (joyida) ro‘yxatdan o‘tishni istamaslik yoki savollarga javob berishni rad etganlik holatlari yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlarda  ro‘yxatga oluvchi hodimdan ma’lum darajadagi psihologik ko‘nikma va tajriba talab etiladi. Vaziyatni to‘g‘ri baholash orqali ushbu shaxslarga doir ma’lumotlar ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi. 
 Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga jalb qilingan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
  • Joy nomlari
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Matbuot xizmati
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 bo'yicha
  • Ochiq budjet ma'lumotlari
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Murojaat uchun
  • Aloqador hujjatlar
  • Amalga oshirilayotgan ishlar
Ishlab chiqivchi:Furqat Masharipov