Kasanachilik kurslarini tamomlagan 10 nafar ishsiz xotin-qizlarga sertifikatlar topshirildi.
16.11.2022
Kasanachilikni rivojlantirish orqali oila byudjeti daromadlarini oshirish, uy mehnatidan foydalangan holda ishlab chiqarishni yana-da kengaytirish va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish orqali xotin-qizlarning bandligini taʼminlash borasidagi Prezidentimizning PQ-376-son Qarori ijrosi taʼminlash maqsadida ishsiz ayollarimiz uchun maxsus 60 soatlik o‘quv qurslari tashkil qilinib, bugun kursning dastlabgi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi.
Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan xotin-qizlar endilikda kasanachiga zarur asbob-uskunalar xarid qilishlari uchun BHMning 15 barobarigacha miqdorida subsidiya ajratiladi.