31.08.2023
Bugun butun respublikamiz bo‘ylab ulug‘ bayram, katta tantana!
Ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi jonajon Vatanimiz istiqlolining o‘ttiz ikki yillik shodiyonasini zo‘r shod-xurramlik bilan nishonlamoqda.
Siz qadrdonlarimni, mo‘tabar nuroniylarimiz, mehribon opa-singillarimiz, azmu shijoatli yoshlarimizni, butun xalqimizni Mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Yurtimizda yashayotgan har bir oila, har bir inson ezgu maqsadlariga yetsin!
Barchangizga sihat-salomatlik, yangi-yangi yutuqlar, oilaviy xotirjamlik yor bo‘lsin, farzandlar, nabiralarning baxtu kamolini ko‘rish nasib etsin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, jonajon O‘zbekistonimiz omon bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
- Tuproqqal’a tumani hokimi Shuhrat Ahmedov