Fuqarolar murojaatlari tinglandi
21.12.2022
Bugun Tuproqqal'a tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Alisher Salayev fuqarolarni qabul qildi.
Qabulda Xalq qabulxonasi mudiri U.Urazbayev, hokim o'rinbosarlari va korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Fuqarolar tomonidan asosan moddiy yordam, ishga joylashish va uy-joy bilan ta'minlash masalalarida murojaatlar bildirildi hamda murojaatlarning katta qismi shu joyning o'zida hal qilindi. O'rganish va hal qilish uchun vaqt talab qiladigan murojaatlar qonuniy tartibda hal qilinishi yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.