Firibgarlardan extiyot bo‘ling!
23.12.2022
Telegram messenjerida "Tuproqqalʼa hokimligi axborot xizmati" nomi ostida ochilgan soxta akkaunt nomidan bir martalik moddiy nafaqa pullari to‘lanishi aytilgan maʼlumotlar tarqatilmoqda.
Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi!
Fuqarolardan bu kabi xabarlarda keltirilgan havolalarga kirmaslikni so‘rab, virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz.
‼️ Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik (https://t.me/aoka_uz/4152) mavjud