FUQAROLAR MUROJAATI TINGLANDI
24.05.2023
Bugun Nurobod mahallasida tuman hokimi Shuxrat Axmedovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda idora-tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi va qabulda 23 nafar fuqarolar o‘z muammolari bilan murojaat qildilar.
QABUL DAVOMIDA:
moddiy yordam masalasida - 6 ta
ishsizlik masalasida - 5 ta
tadbirkorlik masalalarida - 1 ta
uy-joy masalasida – 4 ta
boshqa masalalarda 7 ta murojaatlar tinglandi.
10 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida hal qilindi hamda o‘rganishga vaqt talab qiluvchi murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.