FUQAROLAR MUROJAATI TINGLANDI
16.05.2023
Bugun 16-may kuni “Tuproqqalʼa” hududida joylashgan hokimlik binosida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Sh.Axmedov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tuproqqal'a tumani Xalq qabulxonasi mudiri U.O‘razboyev hamda xizmat-ko‘rsatish korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok qilishdi.
Ko‘pchilik fuqarolarning murojaati joyida hal qilinda va muddat talab qiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.