05.02.2023
Tuproqqal’a tumanida Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida
Muxtaram Prezident Siz 2021 yil 3 dekabrda qabul qilgan “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi Farmon va “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorlar asosida, iqtisodiy kompleks, davlat hokimiyati tizimi raxbar xodimlari va tadbirkorlar orasidan bugungi kun islohotlarini tub mohiyatini tushunadigan, mahallani dardi bilan yashab, uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga o’z hissasini qo’shish qo’lidan keladigan munosib nomzodlar tanlab olinib, tumandagi barcha 18 ta mahallaga hokim yordamchilari tayinlandi.
Hokim yordamchilarini ish faoliyatlarini samarali tashkil qilish va ularga zarur bo’lgan barcha shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida har bir hokim yordamchisi uchun o’ziga biriktirilgan mahalla fuqarolar yig’ini binosidan alohida xona ajratildi hamda moddiy-texnika va zamonaviy axborot vositalari bilan to’liq ta’minlandi. Shuningdek, hokim yordamchilarining mahallada faoliyatini samarali tashkil qilishlari uchun 18 ta elektroskuter texnikasi olib berildi.
Xurmatli Prezident Sizning tashabbusingiz bilan tashkil etilgan “Mahallabay” ishlashning yangi vertikal tizimi, aholining turmush darajasini yaxshilash, yangi ish o’rinlarini ochish, kambag’allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga har bir oilaning daromadini oshirish maqsadida tashkil qilingan yangi tizim bo’lishiga qaramasdan - “Hokim yordamchisi” lavozimi mahallalardagi iqtisodiy masalalarning yechimini hal qilishda asosiy omil bo’lishi joriy yilning o’tgan davrida o’z samarasini ko’rsata boshladi.
Jumladan,
Hokim yordamchilari tomonidan dastlab mahallalardagi barcha xonadonlar uyma – uy yurgan holda xatlovdan o’tkazilib, mavjud
13 353 ta xonadon iqtisodiy ahvoliga ko’ra 4 ta toifaga ajratib olindi. Ya’ni, mahallalarda mavjud xonadonlarda yashovchi oilalarning oilaviy axvoli, ijtimoiy ta’minoti, olayotgan daromalari, ishsizlik darajasi, ularning istaklari va boshqa xolatlariga qarab,
birinchi toifa – 2 388 ta xonadondagilar (ya’ni tumanda mavjud xonadonlarning 17,9 foizi) daromadi kam, biroq daromad topishga harakat qilayotganlarga;
ikkinchi toifa – 4 445 ta xonadondagilar (ya’ni tumanda mavjud xonadonlarning 33,3 foizi) doimiy daromadga ega, qo’shimcha daromad topish istagidagi borlarga;
uchinchi toifa esa – 816 ta xonadondagilar (ya’ni tumanda mavjud xonadonlarning 6,7 foizi) ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo’qotgan, nogironligi bo’lgan xonadonlarga;
to’rtinchi toifa – bu tumanda mavjud xonadonlarning 5 704 ta (42,1 foizi) iqtisodiy ahvoli yaxshi va o’ziga to’q xonadonlarga ajratildi.
Shuningdek, xonadonlarda yashvchi fuqarolar bilan o’tkazilgan so’rovnoma natijalari bo’yicha aholining 3372 nafari ishsiz fuqarolar ekanligi, shundan 2639 nafarining ishlash,
770 nafarining kasb-hunar va tadbirkorlikka o’qish, 277 nafarining tadbirkorlik bilan shug’ullanish, 381 nafarining kredit olish,
124 nafarining subsidiya olish va 81 nafarining kooperasiya asosida ishlash istagida bo’lgan xonadon a’zolari ekanligi aniqlandi.
Bulardan tashqari, xonadonlarda isteqomad qiluvchi fuqarolardan 967 nafari nogiron a’zolari ekanligi, ularning
160 nafari 1-guruh, 719 nafari 2-guruh, 88 nafari 3-guruh nogironlar toifasiga kirishi ma’lum bo’ldi.
Joriy yilning 6 oyida hokim yordamchilari tomonidan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida 1 984 nafar fuqarolarning daromadli mehnat bilan bandligi ta’minlandi.
Ya’ni, 680 nafar fuqaro doimiy ish joylariga, 937 nafar fuqarolar o’zini-o’zi band qilish orqali va 367 nafar fuqarolar haq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb qilgan holda ishga joylashtirildi.
Doimiy daromad manbaiga ega bo’lmagan va ishsiz aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni qiziqishlarini o’rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o’rgatuvchi o’quv markazlariga yo’naltirish hamda o’qishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga yordam berish maqsadida 422 nafar fuqaro kasb-hunarga, 241 nafar fuqaro tadbirkorlik ko’nikmalari bo’yicha o’qitilib, jami 663 nafar fuqarolar kasb-xunar va tadbirkorlik yo’nalishlari bo’yicha malakali mutaxassis bo’ladi. Shulardan 418 tasi o’qishni tugatgan, 245 tasi xozigi kunda uqishni davom qildirmoqda.
I. Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 370 ta loyihaga 8,9 mlrd.so’m imtiyozli kreditlar ajratildi va 371 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
II. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish, doimiy bandligini ta’minlash va qo’shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida 147 ta holatda 410,7 mln.so’m subsidiyalar ajratildi.
Xususan,
40 nafar fuqaroga asbob-uskuna sotib olib berish uchun
149,1 mln. so’m.
15 nafar fuqaroga tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tishlari uchun 4,1 mln. so’m.
24 nafar fuqaroga xudarmadlikka a’zolik badali uchun
14.5 mln.so’m.
90 nafar fuqaroning doimiy bandligini ta’minlash uchun
3 ta kooperasiya tashkil qilinib, 243 mln. so’m ajratildi.
(Misol uchun; 07.03.2022 yilda “Shaxzodbek Azizbek Lazizbek” ishlab chiqarish kooperasiya tashkil qilinib, 50 nafar ishsiz fuqarolar kooperasiyaga jalb qilindi va 135 mln. so’m subsidiya ajratildi.
Ushbu ajratilgan subsidiya mablag’iga xar bir kooperativ a’zolariga 65 kunlik 50 ta qora tovuq, 100 kilogramm ozuqa yemlari berildi. Kooperasiya a’zolariga berilgan ushbu qora tovuqlar
90 kunlik bo’lgandan keyin, tuxum va go’sht maxsulotlarini bozor narxlarida sotib daromad topishlari belgilandi.)
III. 80 ta yuridik va 174 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro’yxatidan o’tkazildi.
IV. Tadbirkorlik yo’nalishida aholiga ochiq tanlov asosida yer uchastkalari va ko’chma savdo shaxobchalarini joylashtirish joylarini ajratish maqsadida “E-AUKSION” hamda “K-savdo.soliq.uz” ochiq elektron saytlariga joylashtirilib, ushbu elektron tizimi orqali ochiq tanlovga chiqarilmoqda.
Tumanda jami tadbirkorlik maqsadlari uchun xatlov natijasida aniqlangan bo’sh yer maydonlaridan 68 ta lotlar auksionga qo’yildi va 5 ta lotlarda g’oliblar aniqlandi.
Aholiga qo’shimcha daromad olishlari uchun paxta va g’alla ekin maydonlari hisobidan qisqargan 161 gektar yer maydoni aholiga ochiq tanlov asosida ajratish maqsadida ochiq elektron tizimga joylashtirildi va “E-AUKSION” tizimi orqali 981 ta lotlarda ochiq tanlovga chiqarilgan yer maydonlarini 981 nafar fuqarolar 10 yilga ijaraga olgan yerlarni ekib, o’zlarini oilasiga daromad olib keladigan qo’shimcha imkoniyatga ega bo’lishdi.
Tuproqqal’a tumanida Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining (PF-29-son Farmon, PQ-31 va PQ-62-sonli) farmon va qarorlari asosida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha hokim yordamchilari lavozimiga nomzodlar suhbatdan o’tkazdi va ularning orasidan bugungi kun islohotlarini tub mohiyatini tushunadigan, mahallani dardi bilan yashab uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga o’z hissasini qo’shish qo’lidan keladigan munosib nomzodlar tanlab olinib, tumanning barcha 18 ta mahallasiga hokim yordamchilari tayinlandi. (Viloyat hokimining 10.01.2022 yildagi Farmoyishi va tuman hokimining 11.01.2022 yildagi qaroriga muvofiq)
Xurmatli Prezidentimiz tashabbusilari bilan tashkil etilgan “Mahallabay” ishlashning yangi vertikal tizimi mahallalarda o’z samarasini bermoqda.
Hokim yordamchilarini ish faoliyatlarini samarali tashkil qilish va ularga zarur bo’lgan barcha shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida har bir hokim yordamchisi uchun o’ziga biriktirilgan mahalla fuqarolar yig’ini binosidan alohida xona ajratildi hamda moddiy-texnika va zamonaviy axborot vositalari bilan to’liq ta’minlandi. Shuningdek, hokim yordamchilarining mahallada faoliyatini samarali tashkil qilishlari uchun 18 ta elektroskuter texnikasi olib berildi.
IV. Hokim yordamchilari tomonidan dastlab mahallalardagi barcha xonadonlar xatlovdan o’tkazildi va o’rganish natijasida
13 353 ta xonadonlar iqtisodiy ahvoliga ko’ra 4 ta toifaga ajratib olindi.
birinchi toifa – daromadi kam, biroq daromad topishga harakat qilayotgan xonadonlar 2388 ta (17,9 foiz);
ikkinchi toifa – doimiy daromadga ega, qo’shimcha daromad topish istagidagi xonadonlar 4 445 ta(33,3 foiz);
uchinchi toifa – ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo’qotgan, nogironligi bo’lgan xonadonlar 816 ta (6,7 foiz);
to’rtinchi toifa – iqtisodiy ahvoli yaxshi va o’ziga to’q xonadonlar 5 704 tani (42,1 foiz) tashkil etmoqda.
Hokim yordamchilari tomonidan xonadonlarda o’tkazilgan so’rovnoma natijalari bo’yicha aholining 4458 nafari ishsiz fuqarolar ekanligi, shundan 2560 nafarining ishlash,
533 nafarining kasb-hunar va tadbirkorlikka o’qish,
287 nafarining tadbirkorlik bilan shug’ullanish, 187 nafarining subsidiya olish, 48 nafarining kooperasiya asosida ishlash istagida bo’lgan xonadon a’zolari ekanligi aniqlandi.
Bulardan tashqari, hokim yordamchilari xatlovi natijasida xonadonlarda isteqomad qiluvchi fuqarolardan 953 nafari nogiron a’zolari ekanligi aniqlanib, bularning 148 nafari 1-guruh,
718 nafari 2-guruh, 87 nafari 3-guruh nogironlar toifasiga kirishi ma’lum bo’ldi.
V. Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida 2022 yil yanvar-aprel oylarida 1181 nafar fuqarolarning daromadli mehnat bilan bandligi ta’minlandi.
Ya’ni, 264 nafar fuqaro (157 ta korxonadagi) korxona va tashkilotlardagi bo’sh (vakant) ish joylariga, 692 nafari fuqarolar o’zini-o’zi band qilish orqali va 225 nafar fuqarolar haq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb qilgan holda ishga joylashtirildi.
Doimiy daromad manbaiga ega bo’lmagan va ishsiz aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni qiziqishlarini o’rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o’rgatuvchi o’quv markazlariga yo’naltirish hamda o’qishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga yordam berish maqsadida 262 nafar fuqaro kasb-hunar, 175 nafar fuqaro tadbirkorlik ko’nikmalari, jami 437 nafar fuqarolar kasb-xunar va tadbirkorlik ko’nikmalariga o’qitildi.
VI. Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 140 ta loyihaga 3,4 mlrd.so’m imtiyozli kreditlar ajratildi va 141 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
VII. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish, doimiy bandligini ta’minlash va qo’shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida 145 ta holatda 396,2 mln.so’m subsidiyalar ajratildi.
Xususan,
40 nafar fuqaroga asbob-uskuna sotib olib berish uchun
149,1 mln. so’m.
15 nafar fuqaroga tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tishlari uchun 4,1 mln. so’m.
90 nafar fuqaroning doimiy bandligini ta’minlash uchun
3 ta kooperasiya tashkil qilinib, 243 mln. so’m ajratildi.
(Misol uchun; 07.03.2022 yilda “Shaxzodbek Azizbek Lazizbek” ishlab chiqarish kooperasiya tashkil qilinib, 50 nafar ishsiz fuqarolar kooperasiyaga jalb qilindi va 135 mln. so’m subsidiya ajratildi.
Ushbu ajratilgan subsidiya mablag’iga xar bir kooperativ a’zolariga 65 kunlik 50 ta qora tovuq, 100 kilogramm ozuqa yemlari berildi. Kooperasiya a’zolariga berilgan ushbu qora tovuqlar
90 kunlik bo’lgandan keyin, tuxum va go’sht maxsulotlarini bozor narxlarida sotib daromad topishlari belgilandi.)
VIII. 45 ta yuridik shaxs va 55 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro’yxatidan o’tkazildi.
IX. Tadbirkorlik yo’nalishida aholiga ochiq tanlov asosida yer uchastkalari va ko’chma savdo shaxobchalarini joylashtirish joylarini ajratish maqsadida “E-AUKSION” hamda “K-savdo.soliq.uz” ochiq elektron saytlariga joylashtirilib, ushbu elektron tizimi orqali ochiq tanlovga chiqarilmoqda.
Tumanda jami tadbirkorlik maqsadlari uchun xatlov natijasida aniqlangan bo’sh yer maydonlaridan 23 ta lotlar auksionga qo’yildi va
5 ta lotlarda g’oliblar aniqlandi.
Aholiga qo’shimcha daromad olishlari uchun paxta va g’alla ekin maydonlari hisobidan qisqargan 165,6 gektar yer maydoni aholiga ochiq tanlov asosida ajratish maqsadida ochiq elektron tizimga
joylashtirildi va “E-AUKSION” tizimi orqali 1011 ta lotlarda ochiq tanlovga chiqarildi hadma kamida 1011 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi.
Tuproqqal’a tumanida joriy 2022 yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan ishlar quyidagicha rejalashtirib olindi:
- Tumandagi ishsiz aholini 2022 yil yakuniga qadar to’liq bandligi ta’minlanib, 5,0 mingdan ortiq ish o’rinlari yaratiladi.
Jumlandan, ishsiz fuqarolarning
- 515 nafarini - bo’sh va zaxiralangan (kvota) ish o’rinlariga;
- 648 nafarini - kasbga o’qitish orqali;
- 311 nafarini - investisiya loyihalari hisobiga;
- 257 nafarini - haq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb qilgan holda;
- 1927 nafarini - o’zini o’zi band qilish hisobiga;
- 1011 nafarini – ekin ekiladigan yer maydonlari ajratish orqali bandligi ta’minlanadi.
Shuningdek, yil davomida 321 ta (201 ta XYuS va 120 ta YaTT) tadbirkorlik subyektlari tashkil qilish rejalashtirilgan.
- “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida 28 mlrd.so’m miqdorida 1300 nafarga yaqin fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratiladi;
- Tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish, o’zini-o’zi band qilish va ish bilan ta’minlash maqsadida 8,8 mlrd.so’m subsidiya hisobiga bandlik va boshqa manbalardan mablag’lar ajratilishi rejalashtirilgan;
Xurmatli yurtdoshlar!
Tumanimizda aholi turmush farovonligini yuksaltirish, kambag’allikni qisqartirish, hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida har bir mahallada o’z faoliyatini boshlagan hokim yordamchilari yurtimizda "Inson qadri uchun" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning boshida bo’lib, davlatimiz rahbarining, xalqimizning ishonchini oqlashda sidqidildan mehnat qiladilar.
Ularning shijoati, o’z oldiga qo’ygan maqsadlari va olib borayotgan ishlari bu yo’ldagi ishlarning boshlanishi, albatta. Siz, azizlarni ishontirib aytamanki, men boshchilik mahallalardagi barcha hokim yordamchilari xalqimiz bilan bir jonu bir tan bo’lib, muammolarga yechim topishda astoydil harakat qiladilar.