04.10.2022
Aholiga yashash sharoitini yaxshilash va qulaylik yaratib berish maqsadida bugunda qator bunyodkorlik va ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshrilmoqda.
Prezidentimizning 2022-yil 18-martdagi “2022-2026-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori esa bu borada ishlarga asos bo'lib xizmat qilmoqda.
Bu borada Xorazm viloyatida ham keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyatimiz chekka hududlarida ham bugun yangi elektr tarmoqlari qurilib, transformator punktlarini o'rnatilmoqda.
Birgina Tuproqqalʻa tumanining “Sayapir” va “Oxunboboev” mahallarida joriy yilda Dastur asosida 196 ta yangi turdagi temir beton ustunlari o'rnatildi. 31,3 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari qurilib, mavjudlari joriy taʻmirlandi. Hududdagi mavjud transformatorlarga qo'shimcha sifatida 4 ta har xil kuchlanishdagi transformator o'rnatilishi rejalashtirilmoqda.