
20.03.2023

Bugun Shayxlar mahallasidagi “Ismoiljon Ibragimov” fermer xo‘jaligi maydonida 2023-yil hosili uchun chigit ekishni tizimli tashkil etish yuzasidan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan seminarda, tuman hokimi Alisher Salayev, sektorlar rahbarlari, klaster rahbari, qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, fermerlarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va fermerlar ishtirok etdilar.

Ko‘rgazmali seminar davomida ekishga yer tayyorlash, ekish ishlarini joylarda namunali darajada tashkil etib, sifatli ko‘chat yetishtirish orqali mo‘l xirmonga puxta zamin yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Joriy yilda, tumanning paxta-g‘allaga ixtisoslashgan 74 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 3 ming gektar maydonga chigit qadab, har bir gektaridan 36 sentnerdan ortiq paxta homashyosi yetishtirish rejalashtirilgan.
