Tuproqqalʼada huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
02.08.2024
Sayyor qabulda viloyat prokurori o‘rinbosari, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Xalq qabulxonasi, Sud, Adliya, DSB rahbarlari hamda tuman sektor rahbarlari ishtirok etdilar. Qabulda aholining bevosita muammolarini aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratildi. Jarayonda fuqarolarning sud-huquq masalalari, tergov-surishtiruv, probatsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning asosiy qismi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qilgan murojaatlar ijrosi tegishli tartibda nazoratga olindi. @tuproqqala_uz Tuproqqal'a hokimligi axborot xizmati