30.10.2023
So’nggi yillarda mamlakatimizda ishsizlik darajasini kamaytirish va aholini ish bilan ta’minlash, hamda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirilgani hammaga ma’lum.
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi hamda O’zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to’g’risida”gi Qonunida belgilangan ishsizlar, yoshlar, ayollar, mehnat bozorida ish topishga qiynaladigan shaxslarga, ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi toifalarini ishga joylashtirish kafolatlarini ro’yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, amaldagi tartib bo’yicha ish bilan band bo’lmagan fuqaro bandlik organiga maslahat olish uchun yoki ish ishlovchi sifatida ro’yxatdan o’tish uchun murojaat qilishi lozim. Bunda, kam ta’minlanganlik toifasidan chiqish maqsadida ish bilan ta’minlanishga harakatini inobatga olib, ushbu fuqarodan rasmiy bandlik talab etilmaydi.
04.08.2020 yildagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4797 sonli qaroriga asosan, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun 2020 yil oktyabr oyidan Xorazm viloyatida «Ijtimoiy himoya yagona reyestr» avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushgan. Ushbu tizim ishga tushmasdan oldin Tuprokkal’a tumanida 596 ta oila kam ta’minlanganligi sababli bolalar nafakasi olib kelgan bo’lib, 2023 yil 1 oktyabr holatiga bunday oilalar soni 3870 tani tashkil qilmoqda. Ya’ni, hozirda kam ta’minlanganligi sababli bolalar nafaaqasi olib kelayotgan oilalar soni mahalla raisilari tayinlab to’lab kelingan oilalar sonidan deyarli 6,5 baravarga ko’pdir.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi bo’yicha bandlik bo’limlarga murojaat qilgan fuqarolarning 38,5 foiziga bandlik sohasidagi xizmatlar ko’rsatilgan bo’lsa, 66,1 foiziga maslahat berish xizmati ko’rsatilgan. Maslahat xizmati ko’rsatilgan fuqarolardan 93,1 foizi faqatgina bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash to’g’risida maslahat olgan bo’lib, keyinchalik ushbu fuqarolar Bandlik bo’limlariga biror marta ham ish so’rab murojaat qilmagan. Qayta murojaat qilgan fuqarolarga ishga joylashtirish ko’maklashish, kasb-hunarga o’qitish, jamoat ishlariga jalb qilish va ishsiz deb e’tirof etish kabi xizmatlar ko’rsatilardi. Lekin, amaliyotda fuqarolar ushbu imtiyozdan boshqa maqsadlarda foydalanib kelmoqda. Ya’ni, aksariyat fuqarolar faqatgina nafaqa tayinlanishi uchun bandlik organiga murojaat qilib, nafaqa tayinlangandan so’ng bandlik organiga ish izlab qaytib murojaat qilmagan. Bir so’z bilan aytganda fuqarolar bandlik organiga “ish qidirib emas, nafaqa tayinlash uchun murojaat qilmoqda” degan xulosaga kelish mumkin. Ushbu holatlar tahlil qilinganda, aksariyat fuqarolar bandlik bo’limlariga ishga joylashish yoki boshqa bandlik xizmatlari bo’yicha ko’mak olish emas, balki bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanishida ro’yxatdan o’tish uchun murojaat qilganligi aniqlandi. Achinarlisi, norasmiy daromad olayotgan fuqarolar ham bandlik bo’limiga “maslahat olish” uchun murojaat qilib, bolalar nafaqasi olish holatlari mavjud. Bu esa, daromadini rasmiylashtirgan bolalar nafaqasi olmaydigan oilalarning e’tirozlariga sabab bo’lmoqda.
Bolalar nafaqasi tayinlanish tartibi bo’yicha tegishli Nizomga o’zgartirish kiritish uchun taklif qilinayotgan o’zgartirishlarga ko’ra ish izlab yoki ish topish masalalari bo’yicha maslahat olish uchun mehnat organlariga murojaat qilganligi sababli rasmiy bandlik talab etilmasdan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangan oila a’zosi bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangan oydan boshlab 3 oy davomida mehnat organi orqali kasbga tayyorlash, malaka oshirish, qayta tayyorlash o’quv kurslarida o’qimasa, markazda ish izlovchi yoki ishsiz sifatida ro’yxatga olinmasa, ishga joylashmasa, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi va o’zini o’zi band qilgan fuqarolar ro’yxatiga kirmasa yoki mehnat organlarining maqbul keladigan ishga doir takliflarini muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) rad qilgan bo’lsa keyingi oydan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to’lovi to’xtatiladi. Shuningdek, taklif qilinayotgan o’zgartiriishga ko’ra, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangandan keyin, ushbu oila qo’shimcha mol-mulk yoki yangi avtomashina harid qilganligi avtomatlashtirilgan tizim tomonidan tegishli idoralardan integrasiya orqali har oy tekshirilib, shundlay xolatlar aniqlansa, fuqarolarga SMS xabarnoma yuborish bilan tekshirishning keyingi oyidan avtomatik to’xtatilishini yo’lga qo’yish rejalashtirilmoqda.
Bu degani adolatsiz va aldov yo’llari bilan ijtimoiy nafaqalarni olib yurganlar soni qisqarib, haqiqatan ham yordamga muxtoj fuqarolarni nafaqa va ish bilan ta’minlashga, ularni ijtimoiy va moliyaviy axvolini yaxshilashga, hamda kam ta’minlanganlik chegarasidan yuqoriga ko’tarilishiga xizmat qiladi. Shu bilan jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlashga erishiladi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’arma Tuproqqal’a tuman bo’limi boshlig’i: B.Matkarimov