
Bemorlar holidan xabar olindi
20.04.2023

Bugun tuman hokimi va sektor rahbarlari tuman tibbiyot birlashmashmasida davolanayotgan bemorlar holidan xabar olib, muqaddas ramazon hayiti bilan muborakbod etishdi.
Shuningdek, kam ta'minlangan va ehtiyojmand oila xonadonlarida ham bo'lib, bayram sovg'alari ulashildi.
Oilalar turmush sharoitini yaxshilash, uy-joylarini ta'mirlashga hamda qo'shimcha daromad manbalarini yaratishga ko'maklashish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.